Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#O‘zbekiston

An’anaviy hashar va anomal jazirama. Qoida va ijro o‘rtasida ziddiyat bormi?

1-avg, 12:36
Iyul oyining oxirgi kunlarida O‘zbekiston hududida termometr ko‘rsatkichi 40-42°C gacha ko‘tarilib, ekstremal issiq kuzatildi. Anomal issiq hali mamlakatni t…

Iyul oyining oxirgi kunlarida O‘zbekiston hududida termometr ko‘rsatkichi 40-42°C gacha ko‘tarilib, ekstremal issiq kuzatildi. Anomal issiq hali mamlakatni to‘liq tark etib ulgurgani yo‘q. Aynan shu kunlarda joylarda bir-biriga zid holat yuzaga kelmoqda.

Davlat mehnat inspeksiyasi joriy yilning 19-iyul kuni harorat 36°C va undan yuqori bo‘lgan sharoitda soat 10:00 dan 17:00 gacha ochiq havoda ommaviy mehnat, hashar va obodonlashtirish ishlarini o‘tkazishni qat’iyan taqiqladi.

Ammo Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan respublika bo‘ylab “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” hamda respublika va hududiy shtablar tuzilishi e’lon qilindi. Hududlardan berilayotgan rasmiy axborotlar va hokimliklar hisobotlari shuni ko‘rsatmoqdaki, ob-havo sharoitiga qaralmay, ko‘chalarda ommaviy ishlar davom ettirilmoqda.

Hokimliklar va hududlar nima demoqda?

Andijon shahri (“Istiqlol” mahallasi): Tarqatilgan xabarga ko‘ra, aholi deyarli bir haftadan buyon obodonlashtirish ishlarini olib bormoqda. Xotin-qizlar faoli boshchiligida ko‘p qavatli uylar atrofi tartibga keltirilib, 1000 dan ziyod rayhon, 500 tupdan ortiq manzarali gul va 300 dan ziyod yashil butalar ekilgan, daraxtlar tagi oqlangan. Ta'kidlanishicha, hattoki onaxonlar ham nabiralari bilan hasharda qatnashmoqda.

Toshkent viloyati (Ohangaron shahri, “Baxt” mahallasi): 31-iyul kuni “Dolzarb 40 kunlik” doirasida obodonlashtirish ishlari qizg‘in ketayotgani ma’lum qilindi. Hudud begona o‘tlardan tozalanib, ko‘p qavatli uylarning darvozalari bo‘yalmoqda va sanitariya-tozalash ishlari olib borilmoqda. Hasharchilar uchun ochiq havoda osh damlanib, dasturxon yozilgan. Bu kunlarda esa havo harorati 40 + ni ko‘rsatmoqda.

Surxondaryo viloyati (Muzrabot tumani): Tuman hokimi Abdulla Mamatqulov “Gulobod” mahallasida bo‘lib, tomorqalardan foydalanish va chorvachilikni ko‘zdan kechirish bilan birga, mahallada davom etayotgan hashar va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirgan hamda mas’ullarga topshiriqlar bergan.

Sirdaryo viloyati (Yangiyer shahri, “Navro‘zobod” mahallasi): Erta tongdan obodonlashtirish va hashar ishlari boshlangani, maxsus texnikalar jalb etilib, ichki yo‘llar ta’mirlanayotgani haqida axborot berilgan.

“Erta tongdan Yangiyer shahrining "Navro‘zobod" mahallasida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida keng ko‘lamli hashar va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, maxsus texnikalar jalb etilib, ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari ham amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Xorazm viloyati (Hazorasp tumani, “Shovot” mahallasi): 24-iyul kuni o‘tkazilgan umumxalq hashari davomida ko‘chalar va jamoat maskanlari chiqindilardan tozalanib, ariq va zovurlar tartibga keltirilgani hamda ko‘chatlar parvarish qilingani ma’lum qilingan.

[31.07.2026 19:39] Abdurahmon tez: Namangan viloyati (Mingbuloq tumani, “Alami” mahallasi): “Eco volontyor” loyihasi tashabbusi bilan yoshlar va jamoatchilik ijrosida keng ko‘lamli hashar tashkil etilgan. Ular hududdagi ariq va zovurlarni tozalab, obodonlashtirish ishlarini olib borgan.

Samarqand viloyati (Jomboy tumani): “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasi doirasida aholi, nuroniylar va yoshlar jalb etilib, ko‘cha va jamoat joylarini tartibga keltirish, ariq-zovurlarni tozalash hamda daraxtlarga shakl berish ishlari jadal davom etayotgani bildirilgan.

Jamoatchilik faoli Laziz Hamidov bu Chirchiqda soat 11 lar atrofida issiqda “hamma hasharga chiqsin”, degan chaqiriqlar bo‘lganini yozgan. U bu holat X tarmog‘ida ham muhokama qilinayotganiga urg‘u qaratgan. Tarmoq foydalanuvchilari “hovlilarga suv sepib qo‘yilishi kerakligi, hokim kelib tekshirishi va bu qoq obed vaqtiga to‘g‘ri kelishi yozilgan” (qaysi hudud ekani noma’lum).

Iyul oyining oxirgi kunlarida O‘zbekiston hududida termometr ko‘rsatkichi 40-42°C gacha ko‘tarilib, ekstremal issiq kuzatildi. Anomal issiq hali mamlakatni t…

Muammo nimada? Eski qolip va yangi reallik

Mustaqillik bayrami oldi hashari – yillar davomida shakllangan odatiy tadbir, uni odatda xalqimiz faxr va sevish bilan qiladi. Muammo hasharning o‘zida emas, balki bu yilgi 40°C+ anomal issiq favqulodda sharoit ekanini inobatga olib, ish grafiklari qayta ko‘rib chiqilishi kerakligifa. Hokimliklar va hududiy shtablar jarayonni salqin vaqtlarga ko‘chirishni to‘g‘ri koordinatsiya qilishi kerak. Biz nafaqat yuqorida ko‘rsatilgan, balki hasharlar haqida matbuot xizmatlarida yoritayotgan barcha tuman va shahar hokimliklaridan qaysi vaqtlarda odamlarni jalb etayotgani va o‘sha kungi havo haroratlari haqida aniq yozishini so‘raymiz. Zero, hasharga chiqayotganlar holatdan norozi bo‘lib, ammo buni ommaga chiqarmayotgan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Mehnat kodeksining 359-moddasiga ko‘ra, 36°C dan yuqori harorat – ekstremal mehnat sharoitidir. Qonun bo‘yicha bu vaqtda ochiq havodagi ishlar to‘xtatilishi yoki grafik mutlaqo salqin vaqtlarga (soat 10:00 gacha va 17:00 dan keyin) surilishi kerak. Ammo joylarda reja va hisobot berish ilinjida inspeksiya talabi ikkinchi darajali bo‘lib qolayotgan bo‘lishi mumkin.

Iyul oyining 40 daraja issig‘ida 1500 dan ortiq gul va o‘simliklar ekilishi ta’kidlanmoqda. Bunday anomal haroratda ekilgan ko‘chat va gullarning suvsizlanib qurish ehtimoli o‘ta yuqori bo‘lib, bu qilingan mehnat va mablag‘ning samarasiz ketishiga olib kelishi mumkin.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22

Kun tanlovi

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
Ijtimoiy tarmoqlarda “SafeRoad bazasi sotilmoqda, millionlab haydovchilarning pasporti va shaxsiy ma’lumotlari qora bozorga chiqib ketdi” mazmunidagi xabarla…
#O‘zbekiston

“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service

29-okt, 00:52
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 58 ta savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasida o‘tkazilgan aksiyalarni tekshir…
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22
Yana koʻrsatish