Afg‘onistondan O‘zbekistonga dron orqali 2 kilogrammdan ortiq opiy olib o‘tishga urinish to‘xtatildi

DXX, Chegara qo‘shinlari hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Amudaryo orqali dron yordamida O‘zbekiston hududiga narkotik modda olib o‘tishga urinish fosh etildi.
Ma’lum qilindiki, afg‘onistonlik noma’lum shaxslar Amudaryo orqali uchuvchisiz uchish apparati (dron) yordamida giyohvandlik vositalarini O‘zbekiston hududiga o‘tkazishga uringan.
Tezkor choralar natijasida noqonuniy harakat o‘z vaqtida bartaraf etilib, dronga mahkamlangan 2 kilogramm 32 gramm “opiy” moddasi ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.







