“Yangi Buxoro” xalqaro aeroportini quriş va 23 yil davomida boşqariş huquqi Turkiya hamda Qatar kompaniyalariga berildi

Davlat-xususiy şeriklik asosida barpo etiladigan “Yangi Buxoro” xalqaro aeroporti böyiça ötkazilgan xalqaro tenderda Turkiyaning Limak İnşaat Sanayi ve Ticaret A.Ş. va Qatarning Hamad Bin Khalid Contracting Company W.L.L. kompaniyalari konsorsiumi ğolib çiqdi.
2026-yil 12-mart kuni e’lon qilingan va ikki bosqiçda ötkazilgan tanlovning yakuniy qismiga oltita nomzod yöl olgan edi.
Idoralararo tender komissiyasi xulosasiga köra, “Quriş–topşiriş–boşqariş” (BTO) modeli asosida amalga oşiriladigan loyiha ijrosi Turkiya va Qatar konsorsiumiga işonib topşirildi. Tomonlar örtasida umumiy muddati 23 yilni taşkil etuvçi bitim imzolanişi közda tutilgan bölib, şundan uç yilgaça bölgan davr quriliş işlariga ajratiladi.
Şartnoma şartlariga muvofiq, xususiy şerik soatiga 1 200 nafar yölovçini qabul qiliş quvvatiga ega zamonaviy terminal, vokzaloldi maydoni, avtoturargoh va yondoş infratuzilmani barpo etiş hamda boşqariş majburiyatini oladi. Davlat tomoni esa uçiş-qöniş yölagi va perronni öz içiga olgan aerodrom majmuasini quriş va uning faoliyatini yuritiş uçun mas’ul böladi.
Ğolib konsorsium tarkibidagi kompaniyalar global miqyosdagi yirik infratuzilma loyihalarida katta tajribaga ega. Xususan, Turkiyaning Limak kompaniyasi Istanbul aeroporti qurilişida qatnaşgan bölib, hozirda Priştina va Dakar aeroportlarini boşqarmoqda hamda Quvayt xalqaro aeroportining yangi terminalini qurmoqda.
Qatarning HBK Contracting kompaniyasi esa 2022-yilgi futbol böyiça Jahon çempionati finaliga mezbonlik qilgan Lusail stadionining boş pudratçisi sifatida tanilgan.
Eslatib ötamiz, mazkur loyiha prezidentning 2024-yil 30-avgustdagi tegişli qarori asosida Uzbekistan Airports, Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorligida röyobga çiqarilmoqda.
- #“Yangi Buxoro” xalqaro aeroporti







