Nihoyat! Endi piyodalar yölagida qoldirilgan avtomobil jarima maydoniga olib ketiladi

24-dekabrdan Özbekistonda taqiqlangan joyda qoldirilgan avtomobil jarima maydoniga olib ketiladi. Olib ketiş (evakuatsiya) xarajati esa avtomobil egasiga oid böladi. Bu haqda 24-dekabrdan kuçga kiruvçi Vazirlar Mahkamasining 508-son qarorida söz boradi.
Ya’ni qaror bilan piyodalar yölagi tösilib, piyodalar, xususan, bolalar aravaçasini olib ketayotgan ona ham, nogironlik aravaçasidan foydalanuvçi inson ham öta olmasa bunday avtomobil jarima maydonçasiga olib ketiladi.
Evakuatsiya va saqlash narxlari quyidagiça:
- Evakuatsiya narxi har bir kilometr uçun 88 000 sömgaça;
- Saqlaş narxi har bir sutka uçun 88 000 sömgaça.
Evakuatsiya xizmatining umumiy qiymati 1 760 000 sömdan oşmasligi kerak. Bu summaga yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun belgilanadigan jarima kirmaydi.
Endilikda avtomobilni evakuatorga yuklaşdan tortib, uni egasiga qaytarib berişgaça bölgan barça jarayonlar yagona elektron tizim orqali amalga oşiriladi.
Agar avtomobilni evakuatorga yuklaş boşlanmasidan oldin yetib kelib, qoidabuzarlik bartaraf etilsa, avtomobil olib ketilmaydi. Biroq yuklaş jarayoni boşlangan bölsa, avtomobil egasi şu yerda bölgan taqdirda ham evakuatsiya töxtatilmaydi. Avtomobilni saqlaş uçun tölov uni evakuatorga yuklaş boşlangan vaqtdan e’tiboran har bir sutka uçun hisoblanadi.
Avtomobilni jarima maydonçasidan olib çiqiş uçun avval tölov elektron şaklda amalga oşiriladi. Söngra bir iş kuni içida SMS xabarnoma orqali QR-kodli ruxsatnoma olinadi va avtomobil qaytarib olinadi. Elektron tizimda tegişli ruxsatnoma rasmiylaştirilmasa, avtomobil heç kimga berilmaydi.
Avtomobil asossiz evakuatsiya qilingan bölsa
Agar avtomobil asossiz ravişda evakuatsiya qilingan bölsa, barça xarajatlar tegişli davlat organi hisobidan qoplanadi. Taşiş jarayonida avtomobilga şikast yetkazilgan taqdirda esa zararni jarima maydonçasi operatori qoplaydi.
Olti oy davomida olib ketilmagan avtomobil talab qilib olinmagan transport vositalari reyestriga kiritiladi va töplanib qolgan qarzdorlik majburiy tartibda undiriladi. 12 oy ötgaç esa sud avtomobilni egasiz mol-mulk deb topişi mumkin.
- #evakuatsiya







