Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Jamiyat

Xorazmlik tadbirkor unga 824 million so‘m jarima solinganini aytib chiqdi. MIB qarzdorlik sababini ma’lum qildi

7-sen, 10:59
Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorga qariyb 824 million so‘m miqdorida jarima qo‘llangani haqida videomurojaat tarqaldi. Ma…

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorga qariyb 824 million so‘m miqdorida jarima qo‘llangani haqida videomurojaat tarqaldi. Mazkur tadbirkor “MAMATSAPO XAJARBIBI” oilaviy korxonasi korxonasi rahbari B. Otboyev ekani ma’lum bo‘ldi.

Videoda tadbirkor holat yuzasidan yig‘lab murojaat qilib, katta miqdordagi summani to‘lash imkoniyati yo‘qligini bildirgan. U o‘zining aybi yo‘qligini, bu holat bo‘yicha avval hech kim u bilan bog‘lanmaganini ta’kidlagan.

“Menda ayb yo‘q, hech kim xabarlashgani ham yo‘q. O‘g‘rilik qilib, qo‘rqayotganim ham yo‘q. Oilamdagilarni o‘ylayapman. O‘zi 4 million so‘m to‘lay olmayapman, 850 million so‘mni so‘rab kelishsa nima deyman?” — deydi tadbirkor videomurojaatida.

Shuningdek, videoda Majburiy ijro byurosiga (MIB) oid skrinshotlar ham ko‘rsatilgan. Ularda 31 million 717 ming 935 so‘m hamda 792 million 989 ming 584 so‘m miqdoridagi summalar aks etgan.

Mazkur holat yuzasidan MIB hamda Biznes-ombudsman 5-sentyabr kuni rasmiy munosabat bildirdi.

MIB ma’lumotiga ko‘ra, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga asosan, “MAMATSAPO XAJARBIBI” oilaviy korxonasining qoplanmagan soliq qarzini korxona rahbari B. Otboyevdan subsidiar tartibda, ya’ni korxona tomonidan qoplanmagan majburiyatlarni uning shaxsiy mol-mulki hisobidan undirish belgilangan.

Sud hujjatiga asosan, Xorazm viloyati soliq boshqarmasi foydasiga 792 million 948 ming 384 so‘m soliq qarzi, 41 ming 200 so‘m pochta xarajati hamda davlat foydasiga 31 million 717 ming 935 so‘m davlat boji undirilishi belgilangan.

MIB ushbu mablag‘lar fuqaroga soliq organi tomonidan alohida jarima sifatida qo‘llanilgan summa emasligini ta’kidladi. Qayd etilishicha, qarzdorlik “MAMATSAPO XAJARBIBI” oilaviy korxonasi tomonidan o‘z vaqtida qoplanmagan soliq majburiyatlari natijasida yuzaga kelgan.

Ijro hujjatlari 2026-yil 29-avgust kuni MIBning tegishli bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Shuningdek, qarzdorni ijro hujjatidagi majburiyatlar haqida xabardor qilish maqsadida uning telefon raqamiga SMS xabarnomalar yuborilgani ma’lum qilingan.

O‘z navbatida, Biznes-ombudsman mazkur holatni nazoratga olgan. Hozirda soliq idoralari vakillari hamda tadbirkor ishtirokida uchrashuv tashkil etilib, vaziyatning qonunchilik talablariga muvofiqligi o‘rganilmoqda.

Biznes-ombudsman o‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini bildirgan.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service
#O‘zbekiston

“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service

29-okt, 00:52
“Biz O‘zbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz” – Eron TIV
#Siyosat

“Biz O‘zbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz” – Eron TIV

28-okt, 14:08
Toshkentda is gazidan zaxarlanib 6 kishi halok bo‘ldi
#Jamiyat

Toshkentda is gazidan zaxarlanib 6 kishi halok bo‘ldi

28-okt, 12:41
Toshkentdagi avtohalokatda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘linib ketdi
#Jamiyat

Toshkentdagi avtohalokatda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘linib ketdi

28-okt, 10:38
O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03
Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

27-okt, 17:27

Kun tanlovi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qurilayotgan ikki qavatli uyda bir kechada olti kishi vafot etdi, yana ikki kishi shifoxonaga yotqizildi.  Uyning yerto‘la qismiga …
#Jamiyat

Toshkentda is gazidan zaxarlanib 6 kishi halok bo‘ldi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qurilayotgan ikki qavatli uyda bir kechada olti kishi vafot etdi, yana ikki kishi shifoxonaga yotqizildi. Uyning yerto‘la qismiga o‘rnatilgan isitish qozoni xavfsizlik talablariga javob bermagan.

28-okt, 12:41
Chilonzor tumanida 21 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘lindi. Haydovchi shifoxonaga olib ketildi. YHXB hodisa yuzasidan sur…
#Jamiyat

Toshkentdagi avtohalokatda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘linib ketdi

28-okt, 10:38
Toshkentdagi “Parkwood” majmuasi yaqinidagi transformator punktida yuz bergan yong‘inda elektr xodimi kuyib jarohatlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodi…
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

27-okt, 17:27

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#O‘zbekiston

“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service

29-okt, 00:52
#Siyosat

“Biz O‘zbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz” – Eron TIV

28-okt, 14:08
#Jamiyat

Toshkentda is gazidan zaxarlanib 6 kishi halok bo‘ldi

28-okt, 12:41
#Jamiyat

Toshkentdagi avtohalokatda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘linib ketdi

28-okt, 10:38
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

27-okt, 17:27
Yana koʻrsatish