Toshkentda kanalga tushib ketgan ayolni qutqarmoqchi bo‘lgan Milliy gvardiya xodimi halok bo‘ldi. U yaqinda uylanishi kerak bo‘lgan

Milliy gvardiya Toshkent shahar boshqarmasi axborot xizmatining Portal24.uz'ga ma’lum qilishicha, xizmat olib borayotgan harbiylar kanalda oqib ketayotgan ayolni ko‘rib qolishgan. Harbiy xizmatchi fuqaroning hayotini saqlab qolish uchun darhol suvga tushgan. Biroq kanaldagi kuchli suv oqimi tufayli ayolni qutqarishning imkoni bo‘lmay, u cho‘kib ketgan.
Ayolning jasadi qutqaruvchilar tomonidan o‘sha kunning o‘zida topilib, yaqinlariga topshirilgan.
Milliy gvardiya xodimining o‘zi ham kanaldagi kuchli oqim va girdob sababli suvdan chiqolmay, vafot etgan. Uning jasadi qutqaruv xizmatlari va hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida topilgan.
“Millar” dasturi ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lgan harbiy xizmatchi 2005-yilda tug‘ilgan bo‘lib, yaqin kunlarda uning to‘yi bo‘lishi kutilayotgan edi.






