Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Jamiyat

Toshkentda avtobus va metro yo‘l haqini 2500 so‘mgacha oshirish taklif etildi

10-sen, 21:16
Toshkentda 1-oktabrdan avtobus va metroda elektron to‘lov orqali bir martalik safar narxini 1700 so‘mdan 2500 so‘mgacha oshirish taklif qilinmoqda. Naqd puld…

Toshkentda 1-oktabrdan avtobus va metroda elektron to‘lov orqali bir martalik safar narxini 1700 so‘mdan 2500 so‘mgacha oshirish taklif qilinmoqda. Naqd pulda to‘lov esa hozirgi 3000 so‘m miqdorida qoldirilishi mumkin.

Bu Toshkent shahar Kengashi qarori loyihasida nazarda tutilgan. Hujjat 19-sentabrga qadar jamoatchilik muhokamasida bo‘ladi.

Elektron to‘lov 47 foizga qimmatlashishi mumkin

Loyiha qabul qilinsa, poytaxt avtobuslari va metropolitenida elektron to‘lov orqali bir martalik safar 2500 so‘mni tashkil etadi. Bu amaldagi 1700 so‘mlik tarifdan 47 foizga yuqori. Naqd pulda yo‘l haqini 3000 so‘m, bagaj uchun to‘lovni esa 4000 so‘m etib belgilash taklif qilingan. Ko‘rsatilgan narxlarga QQS kiritilgan.

Tariflarni qayta ko‘rib chiqish taklifi jamoat transportini budjetdan moliyalashtirish xarajatlari oshib borayotgani bilan izohlanmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2026-yilda transport xizmatlari hajmi 2,3 trln so‘mga yetishi kutilmoqda. Yo‘l haqidan tushadigan mablag‘ esa 630 mlrd so‘m yoki umumiy xarajatlarning qariyb 27,4 foizini qoplaydi. Natijada budjetdan taxminan 1,7 trln so‘m mablag‘ ajratish talab etilishi mumkin.

Yangi abonementlar taklif qilinmoqda

Hujjatda transport kartalari uchun kunlik, oylik va uzoq muddatli tariflarni joriy etish ham ko‘zda tutilgan.

Faqat avtobuslardan foydalanuvchilar uchun 1 kunlik tarif 11,5 ming so‘m, 5 kunlik — 42,5 ming, 7 kunlik — 54 ming, 10 kunlik — 84,5 ming, 15 kunlik — 127 ming, 20 kunlik — 169,5 ming, 30 kunlik va 1 oylik tarif esa 250 ming so‘m bo‘lishi taklif etilmoqda.

Uzoq muddatli abonementlar 3 oyga 682,5 ming so‘m, 6 oyga 1,17 mln so‘m va bir yilga 1,95 mln so‘m etib belgilanishi mumkin. Bunda chegirma muddatga qarab 23 foizdan 50 foizgacha yetadi.

Avtobus va metrodan birgalikda foydalanish uchun 1 kunlik abonement 13,5 ming so‘m, 5 kunlik — 57,5 ming, 7 kunlik — 73 ming, 10 kunlik — 115,5 ming, 15 kunlik — 173 ming, 20 kunlik — 231 ming so‘m bo‘lishi mumkin. 30 kunlik va bir oylik tarif 345 ming so‘m etib taklif qilingan.

Bundan tashqari, 3 oylik abonement 945 ming so‘m, 6 oylik — 1,62 mln so‘m, bir yillik esa 2,7 mln so‘m bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, alohida safar paketlarini ham joriy etish rejalashtirilmoqda. Taklifga ko‘ra, 10 ta safar 19 ming so‘m, 20 ta safar 38,5 ming so‘m, 30 ta safar esa 57,5 ming so‘m turadi. Bu tariflarda to‘liq narxga nisbatan 23 foizlik chegirma qo‘llanadi.

Bir soat ichida transport almashtirishda chegirma saqlanadi

Amaldagi transport almashtirish tizimini yangi tariflar bilan davom ettirish ham taklif qilingan. Faqat avtobuslarda harakatlanganda bir soat ichida birinchi safar 2500 so‘m, ikkinchi safar 1500 so‘m bo‘ladi. Uchinchi va keyingi avtobus safarlari uchun to‘lov olinmaydi.

Avtobus va metro birgalikda ishlatilganda ham birinchi safar uchun 2500 so‘m to‘lanadi. Keyingi transport almashtirishlar ketma-ketligiga qarab 1500 so‘m yoki bepul bo‘lishi mumkin.

Bir soatlik tarif davomida metrodan bir marta foydalanish nazarda tutilgan. Yo‘lovchi metroga ikkinchi marta kirsa, 60 daqiqalik muddat qaytadan hisoblana boshlaydi.

Transport xarajatlarining katta qismi subsidiya hisobiga qoplanmoqda

Avgust oyida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish instituti jamoat transporti tariflarini bosqichma-bosqich iqtisodiy asoslangan narxlarga yaqinlashtirish taklifini bildirgan edi.

Institut hisob-kitoblarida 2026-yilda jamoat transportiga ajratiladigan subsidiyalar 1,385 trln so‘mga yetgani qayd etilgan. Toshkentda transport tizimi xarajatlarining 65,1 foizi subsidiyalar hisobiga qoplanmoqda.

Shuningdek, yo‘lovchilar soni kam bo‘lgan yo‘nalishlarni maqbullashtirish va tashuvchilarga to‘lanadigan mablag‘larni xizmat sifati ko‘rsatkichlariga bog‘lash taklif qilingan.

Toshkentda jamoat transporti uchun yo‘l haqi oxirgi marta 2023-yil noyabrda o‘zgargan. O‘shanda elektron to‘lovda bir martalik safar narxi 1400 so‘mdan 1700 so‘mga oshirilgan edi.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03
Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

27-okt, 17:27
Shahrisabzda avtomobil daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi
#Jamiyat

Shahrisabzda avtomobil daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi

27-okt, 16:52
Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi
#O‘zbekiston

Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi

27-okt, 16:31
Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi
#Dunyo

Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi

27-okt, 16:25
“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19

Kun tanlovi

Toshkentdagi “Parkwood” majmuasi yaqinidagi transformator punktida yuz bergan yong‘inda elektr xodimi kuyib jarohatlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodi…
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

Toshkentdagi “Parkwood” majmuasi yaqinidagi transformator punktida yuz bergan yong‘inda elektr xodimi kuyib jarohatlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa ta’mirlash vaqtida fazalararo qisqa tutashuv sabab yuz bergan, transformator punkti va xodim “Hududiy elektr tarmoqlari” balansiga tegishli emas.

27-okt, 17:27
Shahrisabz tumanida “VAZ-2105” rusumli avtomobil yo‘l chetidagi daraxtga urilishi oqibatida 2006-yilda tug‘ilgan haydovchi shifoxonada vafot etdi. Holat yuza…
#Jamiyat

Shahrisabzda avtomobil daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi

27-okt, 16:52
2026-yil 24-oktyabrga o‘tar kechasi Uchtepa tumanidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Uyda yashagan 26 yoshli ayol jasadi topilgan, hodisa yuzasidan qasddan…
#Jamiyat

Uchtepadagi 26 yoshli ayol o‘ldirilib, uyi yoqib yuborilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat berildi

27-okt, 15:12

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

27-okt, 17:27
#Jamiyat

Shahrisabzda avtomobil daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi

27-okt, 16:52
#O‘zbekiston

Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi

27-okt, 16:31
#Dunyo

Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi

27-okt, 16:25
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19
Yana koʻrsatish