Toşkentda avtobus haqini asosan erkaklar va 30 yoşgaça bölganlar tölamayapti – Transport vazirligi

Toşkent şahri avtobuslarida 2026-yilning yanvar–oktyabr oylarida yöl haqini tölamasdan harakatlangan yölovçilarga nisbatan jami 138 780 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, yanvar–oktyabr oylarida Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 144-moddasi asosida 138 780 ta bayonnoma tuzilgan. Şundan 25 596 tasi oktyabr oyiga töğri kelgan. Bu ön oylik umumiy körsatkiçning 18,4 foizini taşkil etadi.
Vazirlik xabariga köra, hozirda Toşkent avtobuslarida yöl haqi tölovlari böyiça kuçaytirilgan nazorat-reyd tadbirlari ötkazilmoqda. “Toşkent şahar yölovçi taşişni monitoring va nazorat qiliş” davlat muassasasi xodimlari yölovçilarning tölovlarini tekşirib, qoidabuzarliklar yuzasidan ma’muriy bayonnomalar tuzmoqda.
Qoidabuzarliklarning yoş toifalari böyiça taqsimoti quyidagiça:
18–30 yoşlilar – 97 747 ta (70,4%);
16–17 yoşlilar – 30 533 ta (22,0%).
Ma’lumotlarga köra, jami ma’muriy bayonnomalarning 92,4 foizi 30 yoşgaça bölgan şaxslarga nisbatan rasmiylaştirilgan.
Bayonnomalarning jinslar kesimidagi taqsimoti esa quyida:
Erkaklar — 105 272 ta (75,9%);
Ayollar — 33 508 ta (24,1%).
- #avtobus
- #yo’l haqi







