Novosibirskda piyodalar yölagidan ötayotgan özbekistonlikni Jip urib yubordi

Hodisa şaharning Visotskiy köçasida sodir bölgan. Piyodalar ötiş yölagidan harakatlanayotgan G.K. ismli Özbekiston fuqarosini qora rangli Jip rusumli avtomobil urib yuborgan.
YTHdan söng haydovçi voqea joyidan qoçib ketmagan va darhol tez yordam çaqirib, jabrlanuvçiga birinçi tibbiy yordam körsatilişini ta’minlagan.
9-noyabr kuni mazkur voqea yuzasidan xabar kelib tuşişi bilanoq Özbekistonning Novosibirskdagi Boş konsulxonasi xodimlari hamda Migratsiya agentligining hududiy vakili fuqaro davolanayotgan 2-sonli şahar tez yordam şifoxonasiga yetib borişgan.
Şifokorlarning xulosasiga köra, bemorning singan suyaklari töliq bitmaguniça uni boşqa joyga yoki vataniga köçiriş tavsiya etilmaydi.
Ayni paytda Özbekiston diplomatik vakolatxonasi fuqaroga qonuniy tartibda jabrlanuvçi maqomi berilişini va haydovçi tomonidan moddiy hamda ma’naviy zararlar qoplanişini talab qilmoqda. Vaziyat Boş konsulxona tomonidan qat’iy nazoratga olingan.
- #oğir tan jarohati
- #Novosibirsk
- #avtohalokat








