Özbekistonda 6 yoşli bolalar maktabga tayyorlov guruhlariga töliq qamrab olinadi

Hujjatga köra, ta’lim sohasida 6 yoşli bolalar maktabga tayyorlov guruhlari bilan töliq qamrab olinib, nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari uçun berilgan amaldagi imtiyozlar saqlab qolinadi.
Umumta’lim maktablari bosqiçma-bosqiç xalqaro baholaş tizimlariga ötkaziladi hamda kamida 10 ta oliygoh nufuzli xalqaro reytinglarning eng yaxşi mingtaligidan joy olişi ta’minlanadi. Şuningdek, 10 million nafar yoşni raqamli industriya va zamonaviy kasblarga jalb qiliş ustuvor vazifa etib belgilandi.
Soğliqni saqlaş tizimida davlat xarajatlarini yalpi içki mahsulotning 5 foiziga yetkaziş, kasalliklarni davolaşdan köra ularning oldini olişga asoslangan profilaktik modelga ötiş közda tutilgan.
Ixtisoslaştirilgan tibbiyotda raqobat muhitini kuçaytiriş maqsadida mamlakatga dunyoning kamida 5 ta yetakçi klinikasi jalb qilinadi.
Huquq-tartibot va sud tizimida maktab davridanoq huquqiy savodxonlikni oşiriş, kiberjinoyatlar, giyohvandlik, odam savdosi hamda ayollar va bolalar huquqlari kamsitilişiga qarşi kuraş kuçaytiriladi.
Bundan taşqari, davlat dasturlari endi bevosita mahallalarning ehtiyoji asosida tuziladi va mahalla yuborgan har bir buyurtma yuzasidan 30 kun içida asoslantirilgan qaror qabul qiliş tartibi joriy etiladi.
- #sud-huquq
- #bolalar
- #maktabga tayyorlov







