Qaşqadaryoda 3 yoşli qizaloqni issiq maşinada qoldirib, ölimiga sababçi bölgan boğça rahbari 5 yilga qamaldi

Hodisa joriy yilning 4-iyun kuni sodir bölgan.
Oilaviy nodavlat boğça rahbari öziga tegişli “Kia Carnival” rusumli avtomobilida bolalarni muassasaga olib kelgan. U tarbiyalanuvçilarni tuşirib, tarbiyaçiga topşirgaç, sanamay turib maşina eşiklarini qulflab ketgan. Oqibatda 2023-yilda tuğilgan qizaloq salon içida qolib ketgan va issiq urişi sababli yuzaga kelgan ötkir yurak hamda nafas yetişmovçiligidan vafot etgan. Bola faqat keçga yaqin, soat 16:00 larda eslangani sababli şifokorlar uning hayotini saqlab qola olişmagan.
Sud-tergov jarayonida fojia bilan birga boğça faoliyatiga oid qator moliyaviy qonunbuzarliklar ham foş böldi. Korxona rahbari soxta buyruq va şartnomalar rasmiylaştiriş hamda boşqa xodimlarning nomiga iş haqi yoziş orqali davlat va fuqarolarning budjet mablağlarini özlaştirib kelgani aniqlandi.
Jinoyat işlari böyiça Kitob tuman sudi boğça rahbarini kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik, talon-toroj qiliş hamda hujjatlarni qalbakilaştiriş moddalari böyiça aybdor deb topdi. Hukmga köra, ayblanuvçiga 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi hamda 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş taqiqlandi.
- #Qamaşi
- #qamoq
- #boğça rahbari







