Buxoroda erkak köçaga çiqib özini öldirmoqçi böldi

Voqea 9-noyabr kuni şahrining Gulşan mahallasida sodir bölgan.
Hududda xizmat olib borayotgan patrul-post xizmati inspektorlariga noma’lum şaxs qölida ötkir tiğli piçoq bilan yurgani haqida tezkor xabar kelib tuşgan. Voqea joyiga yetib borgan xodimlar piçoq uşlab olgan tajovuzkor fuqaroga duç kelişgan. Xodimlar unga yaqinlaşmoqçi bölganda, u heç kimni yoniga yölatmasligini, aks holda piçoqni öziga urişini aytib tahdid qilgan.
Içki işlar xodimlari vaziyatni murakkablaştirmaslik uçun taktik çora körib, fuqaroni odamlar kamroq joyga sovuqqonlik bilan yönaltirişgan. Uning diqqati чалғиган fursatdan unumli foydalangan PPX xodimlari çaqqonlik bilan uni çalğitib, zararsizlantirişgan va qölidagi piçoqni tortib olişgan.
Tezkor harakatlar natijasida fuqaroning öziga ham, tevarak-atrofdagi fuqarolarga ham heç qanday zarar yetmagan. Olib borilgan dastlabki suriştiruvlarda uşbu şaxs Gulşan mahallasida istiqomat qiluvçi, 1971-yilda tuğilgan vaqtinça işsiz fuqaro ekani aniqlandi. Hozirda u hududiy IIBga olib borilib, holat böyiça suriştiruv hamda profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.
- #içki işlar organlari
- #erkak
- #Buxoro







