Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Dunyo

Qozog‘istonda harbiy mashg‘ulot vaqtida 14 nafar harbiy halok bo‘ldi

25-sen, 13:46
Qozog‘istonda harbiy mashg‘ulot vaqtida 14 nafar harbiy halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida 24-sentabr kuni Harbiy-dengiz kuchlarining mashg‘ulotlari vaqtida 14 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Fojia Kaspiy dengizida ob-havoning keskin yomonlashuvi va shamolning kuchayishi ortidan yuz bergan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mashg‘ulotlar vaqtida 17 nafar harbiy dengizga tushib ketgan. Ulardan uch nafari qutqarilgan, qolganlarini qidirish ishlari boshlangan.

25-sentabr kuni soat 09:15 atrofida bedarak yo‘qolgan ikki harbiy xizmatchining — serjant Mansur G‘umarov va matros Miras Turdibekulining jasadi topilgan. Shu bilan halok bo‘lgan harbiylar soni 14 nafarga yetgan. Qutqarilgan harbiylardan biri shifoxonaga olib ketilgan bo‘lib, uning ahvoli barqaror, hayotiga xavf yo‘q.

Hodisadan so‘ng Kaspiy dengizida keng ko‘lamli qidiruv-qutqaruv ishlari olib borildi. Operatsiyaga Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Chegara xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Mang‘istov viloyati hokimligi vakillari jalb etildi.

Qidiruv ishlarida 252 nafar xodim, 34 ta maxsus texnika, 37 nafar harbiy g‘avvos, 14 ta kema va kater hamda 20 dan ortiq havo kemasi, jumladan, to‘rtta vertolyot qatnashgan. Dengiz hududi, qirg‘oqbo‘yi va unga tutash joylar havodan hamda suv orqali muntazam tekshirilgan.

Voqea yuzasidan Hukumat komissiyasi tuzilib, unga bosh vazir o‘rinbosari Kanat Bozumbayev rahbarlik qilmoqda. Komissiya hodisaning sabablarini va harbiy mashg‘ulotlarni tashkil etish hamda qutqaruv ishlarini olib borishdagi barcha holatlarni o‘rganmoqda.

Fakt bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Tergov harbiy xizmatga loqayd munosabatda bo‘lish hamda kema boshqaruvi qoidalarini buzish bilan bog‘liq moddalar asosida olib borilmoqda. Mashg‘ulotlar va qutqaruv ishlarini tashkil etishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yganlikda gumon qilinayotgan mansabdor shaxslar aniqlangan. Zarur ekspertizalar tayinlangan.

Hukumat komissiyasi halok bo‘lgan harbiylarning oilalariga moddiy va boshqa zarur yordam ko‘rsatilishini ma’lum qilgan. Mang‘istov viloyati hokimligi tomonidan yordam mablag‘larini yig‘ish uchun maxsus jamg‘arma ham tashkil etilgan. Ayrim tadbirkorlar va jamoat vakillari ham marhumlarning oilalariga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatishini bildirgan.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev qaroriga ko‘ra, 25-sentabr mamlakatda Mang‘istovdagi fojiada halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar xotirasiga umumxalq motam kuni deb e’lon qilindi.

Voqea munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevga, halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolariga hamda Qozog‘iston xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi. Toqayev xalqaro hamdardlik va birdamlik uchun minnatdorlik bildirgan.

  • #Qozog‘iston
  • #Mang‘istov
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

#O‘zbekiston

Farğonada 105 nafar boğça bolasini zaharlagan keytering korxonasi rahbari va texnologi qamaldi

7-noy, 17:36
#O‘zbekiston

O‘zbekistonda ekstremistik ruhdagi 49 mingta sayt va kanal aniqlandi

7-noy, 17:31
#O‘zbekiston

Samolyotda janjal kötarib, sumkasini trapdan uloqtirgan rossiyalik Toşkentda qamaldi

7-noy, 16:09
#Jamiyat

IIBB qotillik va ölim sahnasi aks etgan video olib, uni tarqatgan blogerga nisbatan tekşiruv boşladi

7-noy, 11:22
#Jamiyat

“Radikallaşuv – murakkab ijtimoiy jarayon” – DXX raisi Bahodir Qurbonov

7-noy, 10:58
#Jamiyat

Qişda gaz va kömirni talon-toroj qilganlar şafqatsiz jazolanadi: IIV ta’minot ustidan nazoratni öz qöliga oldi

6-noy, 18:40

Kun tanlovi

#Dunyo

Qirğizistonda poydevori qöyilmagan uylarni sotiş hamda reklama qiliş rasman taqiqlandi

Qirğizistonda quriliş kompaniyalariga binolarning poydevori va yerosti qismi töliq bitkazilmagunça kvartiralarni sotiş hamda ularni reklama qiliş taqiqlandi.

6-noy, 17:16
#Dunyo

Rossiyadan haydalişga sabab böladigan qoidabuzarliklar soni ikki baravarga köpaydi: özbekistonliklar uçun ogohlantiriş berildi

6-noy, 12:29
#Dunyo

Rossiya Turkiy davlatlar taşkilotida kuzatuvçi maqomini olişi mumkinmi?

5-noy, 15:19

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#O‘zbekiston

Farğonada 105 nafar boğça bolasini zaharlagan keytering korxonasi rahbari va texnologi qamaldi

7-noy, 17:36
#O‘zbekiston

O‘zbekistonda ekstremistik ruhdagi 49 mingta sayt va kanal aniqlandi

7-noy, 17:31
#O‘zbekiston

Samolyotda janjal kötarib, sumkasini trapdan uloqtirgan rossiyalik Toşkentda qamaldi

7-noy, 16:09
#Jamiyat

IIBB qotillik va ölim sahnasi aks etgan video olib, uni tarqatgan blogerga nisbatan tekşiruv boşladi

7-noy, 11:22
#Jamiyat

“Radikallaşuv – murakkab ijtimoiy jarayon” – DXX raisi Bahodir Qurbonov

7-noy, 10:58
#Jamiyat

Qişda gaz va kömirni talon-toroj qilganlar şafqatsiz jazolanadi: IIV ta’minot ustidan nazoratni öz qöliga oldi

6-noy, 18:40
Yana koʻrsatish