IIBB qotillik va ölim sahnasi aks etgan video olib, uni tarqatgan blogerga nisbatan tekşiruv boşladi

Toşkent şahri IIBB xonanda Mubinloloni öldirişga çaqiriq sifatida baholanişi mumkin bölgan rolik e’lon qilgan bloger umr.şam’ning (Instagramda qariyb 600 ming obunaçiga ega) xatti-harakatlari böyiça tekşiruv boşlanganini ma’lum qildi.
Zöravonlikka qarşi kuraşuvçi Nemolçi.Uz loyihasi 4-noyabr kuniyoq Özbekiston huquq-tartibot organlarini videorolik mazmuniga va uning muallifi xatti-harakatlariga huquqiy baho berişga çaqirgandi.
Rolik syujetga köra, video qahramoni xonanda Mubinloloning klipini tomoşa qiladi va uning ijodi “yaxşilikka olib bormaydi va milliy ma’naviyatga ziddir” degan xulosaga keladi. Şundan söng u xonandaning öldirilişi va jasadi kömilişiga oçiqdan oçiq işora qiluvçi harakatlarni amalga oşiradi. Söngra qahramon jamiyatda özligi va şa’nini unutgan odamlar köpayib ketganini aytib, unga yanada köproq qora qop keltirişlarini söraydi.
Qasos oliş sahnalaridan söng muallif Özbekiston va Içki işlar vazirligi bayroqlarini kötaradi.
Toşkent IIBB 6-noyabr kuni Olmazor tumani IIO FMB tomonidan muallifning şaxsi aniqlanganini, vaziyat IIBB nazoratida ekanini ma’lum qildi. Xabarda blogerning ismi keltirilmagan va u qölga olingan-olinmaganiga aniqlik kiritilmagan.
Videoda bloger barçadan uzr sörab, qilgan işimdan puşaymonligini aytgan.
Hozirda tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda. Tekşiruv yakunlariga köra qonuniy qaror qabul qilinadi, deyiladi IIBB xabarida.
IIBB fuqarolarni internetda axborot tarqatişda mas’uliyatli bölişga va qonunlarga rioya qilişga çaqirdi.
- #IIBB
- #Taqiqlangan kontent







