“Radikallaşuv – murakkab ijtimoiy jarayon” – DXX raisi Bahodir Qurbonov

Samarqand şahrida “Raqamli transformatsiya davrida xavfsizlik: yangi texnologiyalar rivojlanişini hisobga olgan holda terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş” mavzusida Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi ekspertlar muloqoti öz işini yakunladi.
Tadbirda Şanxay hamkorlik taşkilotiga a’zo, kuzatuvçi va muloqot böyiça şerik davlatlar maxsus xizmatlarining 180 dan ortiq vakili, şuningdek, 24 mamlakat va 5 ta xalqaro taşkilotdan iborat 33 delegatsiya iştirok etdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning muloqot iştirokçilariga yöllagan murojaatida axborot xavfsizligini ta’minlaş, öta muhim infratuzilmani himoya qiliş hamda davlatlarning buzğunçi ta’sirlarning yangi şakllariga bardoşliligini oşiriş muhimligi ta’kidlandi. Raqamli texnologiyalarning rivojlanişi taraqqiyot uçun keng imkoniyatlar oçiş bilan bir qatorda, mutlaqo yangi xavf-xatarlarni ham keltirib çiqarayotgani körsatib ötildi.
Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi general-polkovnik Bahodir Qurbonov Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi ekspertlar muloqotini oçib berdi.
“Birgina 2026-yilda ekstremistik va terrorçilik xususiyatiga ega 49 mingdan ziyod internet-resurs aniqlangan bölib, bu 2025-yilgi körsatkiçga (43 mingga yaqin) nisbatan 14 foizga köpdir. Bunday tendensiya radikal ğoyalarni tarğib qilişda global tarmoqdan foydalaniş kölami ortib borayotganini yaqqol körsatadi”, dedi DXX raisi.
Bahodir Qurbonov 2021-2026-yillarga möljallangan Ekstremizm va terrorizmga qarşi kuraşiş böyiça milliy strategiyani amalga oşiriş doirasida idoralararo va xalqaro hamkorlik mexanizmlari takomillaştirilganini ta’kidladi
Tadbirda milliy tajribalarni örganiş, samarali hamkorlik mexanizmlarini yölga qöyiş, raqamli makonda terrorçilik faoliyatiga çek qöyiş, ekstremizm va radikalizm ğoyalarini tarqalişining oldini olişga qaratilgan ta’sirçan vositalarni şakllantiriş masalalari muhokama qilindi.
Terrorçilik tarğibotini tarqatiş, tarafdorlarni yollaş va noqonuniy faoliyatni muvofiqlaştirişda sun’iy intellekt, raqamli platformalar hamda boşqa texnologik vositalardan foydalaniş bilan boğliq xavf-xatarlarga alohida e’tibor qaratildi.
Iştirokçilar «ŞHT plyus» formatining ekspertlik yondaşuvlarini yaqinlaştiriş, amaliy tajriba almaşiş va xavfsizlik masalalari böyiça tavsiyalar işlab çiqişda oçiq maydon sifatidagi salohiyatini qayd etdi.
Delegatsiyalar rahbarlari Muloqot yakunlari böyiça Qöşma kommyunike qabul qildi. Hujjatda yangi texnologiyalarning terrorçilik tahdidlariga ta’siri yuzasidan tadqiqotlar ötkaziş, samarali profilaktika tajribalari şarhlarini tayyorlaş, şuningdek, muayyan mavzularga bağişlangan seminarlar va malaka oşiriş dasturlarini işlab çiqiş taklif etildi.
- #DXX
- #Radikalizm







