Qo‘qonliklar holvani patentlab oldi

Qo‘qon shahri qadimdan o‘zining an’anaviy tayyorlash usuli, o‘ziga xos ta’mi va sifati bilan ajralib turuvchi milliy qandolatchilik mahsulotlari bilan tanilgan.
Farg‘ona viloyatiga xos bo‘lgan “Qo‘qon holvasi” Adliya vazirligi tomonidan geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Ushbu qaror mahsulot nomi va an’anaviy tayyorlash texnologiyasining huquqiy himoyasini ta’minlash hamda hududning gastronomik merosini xalqaro miqyosda targ‘ib qilishga xizmat qiladi.
Muqaddam O‘zbekistonda G‘ijduvon kulolchilik buyumlari, Toshkent to‘y oshi, Sofi oshi, Chust oshi, Baliq qarma, So‘qoq somsasi va Tuxum barak kabi milliy mahsulotlar ham geografik ko‘rsatkich sifatida patentlangan edi.






