“Open budjet”ning navbatdagi mavsumi muddatlari e’lon qilindi

15-iyuldan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi ikkinchi mavsumi start oladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar qildi.
Mazkur tadbir “Tashabbusli budjet” joriy etilgandan buyon o‘tkazilayotgan o‘n birinchi mavsum hisoblanadi. Mavsumiy jarayonlar quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi belgilandi:
Loyihalarni qabul qilish: 15-iyuldan 3-avgustgacha;
Takliflarni saralash: 4-18-avgust kunlari;
Loyihalarni targ‘ib qilish: 19-21-avgust kunlari;
Ovoz berish jarayoni: 22-31-avgust kunlari.
An’anaviy ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan loyihalar 1-sentabr – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami kuni e’lon qilinadi.
Shuningdek, 1-10-sentabr kunlari qo‘shimcha g‘olib loyihalarni e’lon qilish bosqichi ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.






