Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish testlari uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi

2026–2027 o‘quv yilida oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi.
Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomani my.uzbmb.uz sayti orqali o‘zlarining shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda yuklab olishlari mumkin.
Abituriyentlar test sinoviga faqat pasport (ID-karta)ning asli va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari shart.
Pasport nusxasi (ksyeronusxa) yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.
Belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar imtihon binosiga qo‘yilmaydi.






