Istanbulda yashirinib yurgan uch nafar xalqaro qidiruvdagi jinoyatchi O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Interpol orqali xalqaro qidiruvda bo‘lgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosining Turkiyaning Istanbul shahrida yashirinib yurgan joyi aniqlandi va ular qo‘lga olindi. Unga ko‘ra, Samarqand viloyatida tug‘ilgan 28 yoshli fuqaro – jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq og‘ir jinoyatni sodir etgani uchun, Buxoro viloyatida tug‘ilgan 34 yoshli fuqaro – firibgarlik ayblovi bilan, Toshkent shahrida tug‘ilgan 50 yoshli fuqaro – yirik miqdordagi firibgarlik sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qo‘lga olinganlar belgilangan tartibda O‘zbekistonga olib kelinib, tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.
Avvalroq Interpol qidirayotgan samarqandlik firibgar Polshada ushlanib, Toshkentga olib kelingan edi.







