Germaniyaga yuborish uchun fuqorodan qariyb 20 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Buxoro viloyatida 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib Germaniyaga yuborish uchun 19 800 dollar olgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, pul olgan shaxs 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, go‘yoki o‘zini ko‘p yillardan beri Germaniya davlatiga ishlash uchun borib kelayotgan shaxs sifatida tanishtirgan. Shuningdek, yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Germaniyaga yuborishini va’da berib, ulardan 19 800 AQSH dollari va 2 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.






