Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Jamiyat

EDA AI foydalanuvchilari ularning roziligisiz yillik obuna puli yechilganidan shikoyat qilgan – Raqobat qo‘mitasi

9-sen, 11:46
EDA AI foydalanuvchilari ularning roziligisiz yillik obuna puli yechilganidan shikoyat qilgan – Raqobat qo‘mitasi

EDA AI ilovasi foydalanuvchilaridan 10 dan ortiq murojaat kelib tushdi

Raqobat qo‘mitasiga joriy yil davomida EDA AI mobil ilovasi faoliyati yuzasidan iste’molchilardan 10 dan ortiq murojaat kelib tushgan.

Murojaatlarni o‘rganish davomida foydalanuvchilar huquq va qonuniy manfaatlariga zid bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir qator holatlar aniqlangan.

Xususan, foydalanuvchilar bir oylik obuna uchun 38 ming so‘m to‘lashga rozilik bildirgan bo‘lsa-da, karta ma’lumotlari kiritilganda yoki Payme, Click va boshqa to‘lov usullari tanlanganda, oldindan xabardor qilinmasdan va qo‘shimcha roziligisiz bir yillik obuna qiymatida mablag‘ yechib olingani haqida shikoyat qilgan. Shuningdek, bank kartalaridan mablag‘larning takroran yechib olinishi, obunani bekor qilish va asossiz yechilgan pullarni qaytarish imkoniyati mavjud emasligi, xizmat ko‘rsatuvchi bilan qayta aloqa o‘rnatish mexanizmi yo‘qligi haqida ham murojaatlar kelib tushgan.

Bundan tashqari, ilovadan foydalanishdan avval ro‘yxatdan o‘tish va telefon raqamini kiritish talabi, ilovaning ishlashidagi texnik xatolar, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari kaloriyasini hisoblashdagi noaniqliklar qayd etilgan.

Qo‘mita, shuningdek, EDA AI reklama materiallarida xizmat shartlari to‘liq va aniq ko‘rsatilmaganini, xususan, “Ilovani hozir yuklab oling va bepul sinab ko‘ring”, “Oson ozing” kabi da’vatlar iste’molchilarda xizmatdan foydalanish shartlari haqida noto‘g‘ri tasavvur shakllantirishi mumkinligini bildirgan.

Mazkur holatlar “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun talablari asosida o‘rganilgan. Qonunga ko‘ra, xizmat ko‘rsatuvchi iste’molchiga xizmat haqida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berishi, xizmatlarni belgilangan shartlar asosida ko‘rsatishi hamda iste’molchilarning qonuniy talablarini qanoatlantirishi lozim.

Shundan so‘ng Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Thinking apps” MChJga EDA AI mobil ilovasidan foydalanish jarayonida iste’molchilar murojaatlarida qayd etilgan va ularning manfaatlariga zid bo‘lgan holatlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma yuborilgan.

Kompaniyaga iste’molchilar bilan munosabatlarda, shuningdek, reklama va marketing faoliyatida “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlar talablariga rioya qilish zarurligi ham ko‘rsatilgan.

  • #EDA AI
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

#Jamiyat

Özbekistonda 6 yoşli bolalar maktabga tayyorlov guruhlariga töliq qamrab olinadi

11-noy, 12:25
#O‘zbekiston

Namanganda boğçadagi jinsiy zöravonlik işi yuzasidan sud sanasi belgilandi

11-noy, 11:48
#Jamiyat

Yana bir pedofil Qöqonda 13 yoşli qizni zörladi

10-noy, 15:55
#Jamiyat

YHXX xodimlariga joyida jarima undiriş taqiqlandi: yangi qoidalar qaçondan kuçga kiradi?

10-noy, 15:47
#Siyosat

Endi uluşli qurilişda noqonuniy jalb qilingan pul aholiga foizlari bilan qaytarilişi mumkin

10-noy, 15:22
#Dunyo

Narko savdoda gumonlangan özbekistonlik Turkiyada qölga olindi

10-noy, 11:44

Kun tanlovi

#Jamiyat

Özbekistonda 6 yoşli bolalar maktabga tayyorlov guruhlariga töliq qamrab olinadi

Prezident farmoni bilan ta’lim, tibbiyot, sud-huquq va mahalla tizimlarini tubdan isloh qilişga qaratilgan milliy dasturlarning asosiy maqsad hamda yönalişlari tasdiqlandi.

11-noy, 12:25
#Jamiyat

Yana bir pedofil Qöqonda 13 yoşli qizni zörladi

10-noy, 15:55
#Jamiyat

YHXX xodimlariga joyida jarima undiriş taqiqlandi: yangi qoidalar qaçondan kuçga kiradi?

10-noy, 15:47

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Özbekistonda 6 yoşli bolalar maktabga tayyorlov guruhlariga töliq qamrab olinadi

11-noy, 12:25
#O‘zbekiston

Namanganda boğçadagi jinsiy zöravonlik işi yuzasidan sud sanasi belgilandi

11-noy, 11:48
#Jamiyat

Yana bir pedofil Qöqonda 13 yoşli qizni zörladi

10-noy, 15:55
#Jamiyat

YHXX xodimlariga joyida jarima undiriş taqiqlandi: yangi qoidalar qaçondan kuçga kiradi?

10-noy, 15:47
#Siyosat

Endi uluşli qurilişda noqonuniy jalb qilingan pul aholiga foizlari bilan qaytarilişi mumkin

10-noy, 15:22
#Dunyo

Narko savdoda gumonlangan özbekistonlik Turkiyada qölga olindi

10-noy, 11:44
Yana koʻrsatish