AQSh va Xitoy o‘rtasidagi texnologik poyga fonida O‘zbekiston biror tomonni tanlamasligi lozimligi bildirildi

Uning ta’kidlashicha, ushbu global qarama-qarshilikda Markaziy Osiyo davlatlari uchun muayyan tarafni egallash iqtisodiy hamda strategik tomondan samarasizdir.
Norov O‘zbekiston uchun eng maqbul yo‘l “muvozanatli va ko‘p vektorli texnologik diplomatiya” ekanini qayd etadi. Toshkent Xitoy investitsiyalari va texnologiyalaridan unumli foydalanish bilan birga AQSh, Yevropa Ittifoqi, Janubiy Koreya, Yaponiya, Turkiya va Ko‘rfaz davlatlari bilan hamkorlikni izchil kengaytirib borishi lozim.
Ushbu yondashuv mamlakatning yagona tashqi sherikka to‘liq qaram bo‘lib qolishining oldini oladi. Asosiy maqsad raqobat qilayotgan kuchlar o‘rtasidan birini tanlash emas, balki mavjud ziddiyatlardan milliy manfaatlar yo‘lida foydalanib, strategik va texnologik mustaqillikni saqlab qolishdan iboratdir.








