Yil boshidan beri 177 nafar o‘zbekistonlik AQSHdan deportatsiya qilindi. Navbatdagi charter reys Toshkentga keldi

AQSHda bo‘lish tartibini buzgan 18 nafar fuqaroning Toshkent xalqaro aeroportiga olib kelinishi ikkala mamlakatning mas’ul idoralari hamkorligida amalga oshirildi. Qaytarish jarayonida fuqarolarning shaxsini aniqlash, safar hujjatlarini rasmiylashtirish va xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rildi.
“Dunyo” axborot agentligining xabar berishicha, bu 2026-yil boshidan buyon AQSHdan o‘zbekistonliklarning ommaviy deportatsiya qilinishi bilan bog‘liq beshinchi holatdir. Yil davomida quyidagi sanalarda fuqarolar vatanga qaytarilgan edi:
11-mart — 65 nafar
1-may — 26 nafar
11-iyun — 24 nafar
Rasmiylarning ta’kidlashicha, O‘zbekiston noqonuniy migratsiyaning oldini olish va zarur hollarda fuqarolarni xavfsiz vatanga qaytarish bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan tizimli hamkorlikni davom ettirmoqda.






