Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Jamiyat

Vafot etgan ayolning yoshi bilan bog‘liq salomatlik muammolari bo‘lgan – Chirchiq hokimligi

25-iyl, 09:52
“Mehr va oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati sahifasida Chirchiq shahrida yashovchi fuqaro ayolning daydi mushuklarni ovqatlantirgani uchun ma'muriy j…

“Mehr va oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati sahifasida Chirchiq shahrida yashovchi fuqaro ayolning daydi mushuklarni ovqatlantirgani uchun ma'muriy javobgarlikka tortilgani hamda oradan bir necha kun o'tib vafot etgani yuzasidan turli talqinda xabarlar tarqalgan edi. Mazkur holat bo'yicha Chirchiq shahar hokimligi rasmiy munosabat bilan chiqdi.

Hokimlik ma'lum qildiki, olib borilgan o'rganishlar voqea ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan ayrim ma'lumotlarda keltirilganidek bir tomonlama emasligini ko'rsatgan.

Keksa yoshli fuqaro bir necha yil davomida ko'p qavatli uy hovlisi va kirish yo'laklarida daydi it hamda mushuklarni muntazam ovqatlantirib kelgan. Natijada hududning sanitariya holati yomonlashgani va bu ko'p qavatli uyda yashovchi fuqarolarning e'tirozlariga sabab bo'lgani aytilgan.

Rasmiy ma'lumotga ko'ra, mahalla fuqarolar yig'ini hamda hududiy profilaktika inspektori tomonidan fuqaro bilan bir necha bor profilaktik suhbatlar o'tkazilgan, amaldagi qonunchilik talablari tushuntirilgan va rasman ogohlantirilgan. Biroq, ogohlantirishlarga qaramay, mazkur harakatlar davom ettirilgani ta'kidlangan.

Shundan so'ng ushbu xonadonda yashovchi fuqarolar jamoaviy ravishda mahalla raisiga murojaat qilib, holatni tasdiqlovchi videoyozuvlarni taqdim etgan hamda qonuniy chora ko'rishni so'ragan.

Hokimlikka ko’ra, mazkur murojaatlar asosida Chirchiq shahar IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’limi profilaktika inspektori tomonidan 2026-yil 26-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 110-moddasi (“Hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish”)ga muvofiq ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Rasmiy munosabatda aytiladiki, 2026-yil 22-iyul kuni volontyorlar keksa yoshli fuqaroning holidan xabar olish maqsadida uning xonadoniga borgan. Eshik ochilmagani sababli bu haqda mahalla raisiga xabar berilgan va Favqulodda vaziyatlar xizmati jalb qilingan. Xonadon eshigi ochilgach, fuqaroning vafot etgani aniqlangan.

Shuningdek, surishtiruv davomida fuqaroning yoshi bilan bog'liq salomatlik muammolari mavjud bo'lgani hamda uzoq vaqt davomida davolanib kelgani ma'lum bo'lgani qayd etilgan.

Shu munosabat bilan Chirchiq shahar hokimligi jamoatchilikni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan tasdiqlanmagan yoki bir tomonlama talqin qilingan ma'lumotlarga emas, balki rasmiy manbalar taqdim etayotgan ishonchli axborotlarga tayanishga chaqirdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Portal24 Instagram sahifasida Chirchiq shahrida yashovchi pensioner ayolning daydi mushuklarni ovqatlantirgani uchun ma'muriy javobgarlikka tortilgani, keyinchalik esa uning vafot etgani haqida "Mehr va Oqibat" hayvonlarni himoya qilish jamiyati ma'lumotiga asoslanib xabar berilgan edi. Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo'lgach, Chirchiq shahar hokimligi rasmiy munosabat bilan chiqdi.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22

Kun tanlovi

Oltinsoy tumanida YPX xodimi to‘xtash talabiga bo‘ysunmagan Captiva ortidan xizmat avtomobilida kuzatgan va ko‘p o‘tmay YTH sodir bo‘lgan. Lacetti haydovchis…
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22
Yana koʻrsatish