Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

#Jamiyat

Toshkentdagi maktabda o‘quvchiga magnitli bilaguzuk majburan yuttirilgani aytilmoqda

7-sen, 17:54
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 151-maktabda ikki o‘quvchi boshqa bir o‘quvchiga tahdid qilib, magnitli bilaguzukni majburan yuttir…

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 151-maktabda ikki o‘quvchi boshqa bir o‘quvchiga tahdid qilib, magnitli bilaguzukni majburan yuttirgani haqida xabar tarqaldi. Bolaning onasi videomurojaatida farzandi uch soatlik murakkab operatsiyadan so‘ng reanimatsiyaga yotqizilganini aytgan.

Onaning so‘zlariga ko‘ra, qaysi sinfda o‘qishi noma’lum bo‘lgan ikki o‘quvchi uning farzandini maktab hojatxonasi oldida tutib olgan. Ular bolaga o‘ldirish bilan tahdid qilib, qarshilik ko‘rsatganiga qaramay, og‘ziga temir magnitli bilaguzukni tiqib yuborgan.

Ayolning aytishicha, farzandi qo‘rqqani sababli voqeani yaqinlariga darhol bildirmagan. Kuchli og‘riqlar boshlangach, bola shifoxonaga olib borilgan. Rentgen tekshiruvida begona jism aniqlanganidan keyin u maktabda sodir bo‘lgan voqeani aytib bergan.

“Farzandim 3 soat davom etgan murakkab operatsiyani boshdan kechirdi. Ichagi olti joyidan teshilgan. Bu teshiklarni tikishning imkoni bo‘lmagani uchun ichagining besh santimetr qismini kesib olib tashlashdi”, — degan ona.

Uning bildirishicha, magnitli buyumning bo‘laklari ichakning turli joylariga tarqalgan va operatsiya orqali olib tashlangan. Ayol murojaat vaqtida farzandi reanimatsiyada ekanini, u yerda yana to‘rt-besh kun qolishini aytgan.

“Bolamni yo‘qotib qo‘yishimga sal qolgani haqidagi o‘y meni hali ham larzaga solmoqda. Ota-onalar, befarq bo‘lmang, chunki bu sizning farzandingiz bilan ham yuz berishi mumkin”, — deya ta’kidlagan u.

Ona holatni keng yoritishni so‘rab, bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va ularning xavfsizligiga jiddiy e’tibor qaratishga chaqirgan.

Holat yuzasidan hozircha rasmiy izoh berilmagan.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?
#Dunyo

29-okt, 17:13
Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi
#O‘zbekiston

29-okt, 11:50
Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22

Kun tanlovi

Oltinsoy tumanida YPX xodimi to‘xtash talabiga bo‘ysunmagan Captiva ortidan xizmat avtomobilida kuzatgan va ko‘p o‘tmay YTH sodir bo‘lgan. Lacetti haydovchis…
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22
Yana koʻrsatish