Toshkentda yana boshqa festival sabab ko‘chalardan biri to‘rt kunga yopildi

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, MANGAL FEST 2026 tadbiri sababli 2026-yil 23-iyul soat 00:00 dan 26-iyul soat 24:00 gacha Sergeli tumanida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.
Cheklov Sugdiyona ko‘chasining Yangi Sergeli ko‘chasi bilan kesishmasidan Jaloyir ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismiga taalluqli. Haydovchilarga harakatlanish yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish hamda aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.
Avvalroq Toshkent shahar hokimligi poytaxtning markaziy ko‘chalarida pivo festivali o‘tkazilishi munosabati bilan transport harakatini vaqtincha cheklagan edi.





