Toshkentda avtobusga yo’l haqqini to’lamagan fuqarolardan qariyb 2 mlrd so’m jarimalar undirildi

“Toshkent shahar yo’lovchi tashish monitoringi va nazorat qilish” davlat muassasi nazoratchilari tomonidan o’tkazilgan reyd davomida 79618 ta avtobuslarda to’lov oshirmagan fuqarolar aniqlanib jarimalar qo’llanilgan.
Yo’lovchilarga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 144-moddasi 5-qismiga asosan BHM 1/10 qismi (41 200 so’m) miqdorida jarima solingan. Shuningdek, joriy yilning boshidan buyon yo’lovchilardan undirilgan jarimalar miqdori 1 mlrd 988 mln so’mni tashkil etadi.

Eslatib o’tamiz, chiptasiz yurgan yo’lovchilarni jarimaga tortish 2025-yil mart oyidan boshlangan edi va yil oxirigacha bu ko’rsatgich 22 500 nafarni tashkil qilgan edi.






