Toshkentda 578 ming dollarlik noqonuniy kriptoaktivlar aylanmasida gumonlangan 17 yoshli bola qo‘lga olindi

Toshkent shahri Yunusobod tumanida 17 yoshli bola umumiy qiymati 578 000 AQSH dollariga (6 mlrd 926 mln soʻm) teng boʻlgan noqonuniy kriptoaktivlar aylanmasini amalga oshirgani aniqlandi. Bu ahqda IIBB xabar berdi.
Surishtiruvlar davomida 2009-yilda tugʻilgan yigit maxsus qurilmalar va dasturiy vositalardan foydalangan holda noqonuniy kriptoaktivlar savdosi bilan shugʻullanganini maʼlum qilgan. Uning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda bir dona noutbuk, bir dona telefon apparati, ikkita bank plastik kartasi hamda bir dona monoblok kompyuter qurilmalari daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278 prim 8-moddasi (kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






