Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Jamiyat

Surxondaryoda yoshlar yetakchilariga “Open Budget” uchun pul yig‘ish talab qilingani aytilmoqda

4-sen, 17:55
Portal24.uz tahririyatiga Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi bir guruh yoshlar yetakchilari nomidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda keltirilishicha,…

Portal24.uz tahririyatiga Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi bir guruh yoshlar yetakchilari nomidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda keltirilishicha, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i M. Rahmatjonov tomonidan yetakchilarga nisbatan doimiy ravishda noqonuniy bosimlar, asossiz talablar va haqoratli munosabat ko‘rsatib kelinmoqda.

Murojaatchining ta’kidlashicha, tuman bo‘limi rahbariyati xodimlarni o‘z xizmat vazifasiga kirmaydigan ishlarga majburan jalb qiladi. Huquqbuzarlik va noqonuniy harakatlar, ayniqsa, loyihalar va pul masalasiga kelganda ochiqdan-ochiq ko‘rinmoqda.

“Yaqindagina bo‘lib o‘tgan Open Budget loyihasida Sariosiyo tumanida yoshlar uchun zamonaviy Yoshlar markazi barpo etish (https://t.me/sar_new/17731) uchun har bir yetakchidan 100 tadan ovoz to‘lash yoki 1 million so‘mdan pul berish talab qilindi. Ovoz kam yig‘ganim uchun rahbarimiz M. Rahmatjonovning topshirig‘iga ko‘ra menga qo‘ng‘iroq qilib, 1 million so‘mni olib kelib berishimni aytishdi. Hozir imkonim yo‘qligini aytganimga qaramay, 61 ta mahalla yetakchisi bor guruhda meni “ishlamayapti” deb yozishdi. Aytilgan pulni bermasa ishlamagan bo‘ladimi, deb e’tiroz bildirganimdan so‘ng esa ishchi guruhlardan chiqarib yuborishdi”, deydi murojaatchi.

Yetakchining so‘zlariga ko‘ra, bu kabi ma’naviy bosimlar va shaxsiyatga tegish faqat bir kishi bilan cheklanmagan. “Open Budget” loyihasida belgilangan pul summasi yoki ovozni bermagan boshqa xodimlarga nisbatan ham tuman bo‘lim boshlig‘i tomonidan 61 kishilik rasmiy ishchi guruhida vaj ko‘rsatilib, “eshshak”, “o‘g‘ri” kabi qadr-qimmatni kamsituvchi haqoratlar ishlatilgan va ularga nisbatan dalolatnomalar tuzilib, xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

Bundan tashqari, murojaatchi tuman bo‘limida mukofot pullari bilan bog‘liq jiddiy korrupsion sxema mavjudligi haqida da’vo qilmoqda.

“Agar biz Open Budget’ga yordam bermasak yoki aytilgan pulni topshirmasak, sentyabr oyidagi mukofot pulini bermasligini iddao qilgan. Aslida, bu ajratilayotgan mukofot pullarining yarmi bo‘lim xodimlari tomonidan majburiy tartibda qaytarib olinadi. Agar mukofot pulining “dolyasi” qaytarib berilmasa, o‘sha yetakchiga tuman bo‘limida kun yo‘q”, deydi u.

Shuningdek, tuman bo‘lim xodimlarining xizmat xonalarini ham mahalla yetakchilariga borib tozalash majburiyati yuklangani, noqonuniy topshiriqlardan bezor bo‘lgan ko‘plab iqtidorli va bilimli yoshlar yetakchilari o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shab, Rossiya va boshqa xorijiy davlatlarga migratsiyaga ketishga majbur bo‘lishayotgani aytilmoqda.

Murojaat mualliflari va sariosiyolik yoshlar yetakchilari ushbu holatga chek qo‘yilishini so‘rab, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevga murojaat qilishdi.

“Biz yetakchilarni Alisher Zafarovich o‘z himoyasiga olishini iltimos qilamiz. Agar bunday noqonuniy yig‘imlar va bosimlar to‘xtamasa, Sariosiyoda qancha yoshlar yetakchisi ishdan ketishga majbur bo‘ladi. Bizga o‘z ketidan yoshlarni ergashtira oladigan, bilimli va saviyali rahbar tayinlanishida amalga oshiriladigan yordamga muhtojmiz”.

Portal24.uz tahririyati ushbu murojaat yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi va tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlardan rasmiy munosabat hamda tuman bo‘limida adolatli xizmat tekshiruvi o‘tkazilishini kutib qoladi.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22

Kun tanlovi

Oltinsoy tumanida YPX xodimi to‘xtash talabiga bo‘ysunmagan Captiva ortidan xizmat avtomobilida kuzatgan va ko‘p o‘tmay YTH sodir bo‘lgan. Lacetti haydovchis…
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22
Yana koʻrsatish