Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Jamiyat

Soliq qo‘mitasi soxta cheklar orqali keshbek yig‘ayotgan minglab shaxslarni reyestrga kiritdi

7-iyl, 15:08
Soliq qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda keshbek tizimiga oid tarqalayotgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi. Hukumatning tegishli qaroriga ko‘ra, “Ijtimoiy…

Soliq qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda keshbek tizimiga oid tarqalayotgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi. Hukumatning tegishli qaroriga ko‘ra, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan shaxslar uchun go‘sht, tuxum, o‘simlik yog‘i, un, shakar, dori vositalari va tibbiy xizmatlar xaridi uchun 1 foizlik keshbek o‘rniga to‘langan QQS summasini to‘liq qaytarish tartibi joriy etilgan edi.

Biroq ayrim fuqarolar va tadbirkorlar ushbu imtiyozdan g‘arazli maqsadlarda foydalanib, soxta yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan fiskal cheklar orqali budjetdan asossiz mablag‘ undirishga uringan.

Xususan, respublika bo‘yicha faqat may oyining o‘zida 389 ta korxonaning soxta cheklari orqali QQS qaytarib olmoqchi bo‘lgan 248,5 ming nafar (aprelda 122,1 ming nafar) shaxs shubhali xaridorlar reyestriga kiritildi. Oqibatda may oyida 83,1 mlrd so‘m (aprelda 102,5 mlrd so‘m) keshbek summasini to‘lash vaqtincha to‘xtatildi.

Aprel-may oylarida hududlar kesimida quyidagi qoidabuzarliklar qayd etildi va keshbeklar ushlab qolindi:

Navoiy viloyatida: 13 ta MChJga tegishli cheklar orqali 105 524 nafar fuqaro tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 34,8 mlrd so‘m keshbek to‘liq to‘xtatildi;

Farg‘ona viloyatida: 5 ta MChJ cheklari orqali 95 ming nafar fuqaro tomonidan yig‘ilgan 38,3 mlrd so‘m keshbekdan 34,4 mlrd so‘mi ushlab qolindi (3,9 mlrd so‘mi to‘lovga tasdiqlandi);

Andijon viloyatida: 100 458 nafar fuqaro tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 34,1 mlrd so‘m keshbekdan 23,8 mlrd so‘mi ushlab qolindi (5,8 mlrd so‘mi to‘lovga tasdiqlandi).

Soliq qo‘mitasi davlat keshbek tizimini bekor qilish yoki cheklash niyatida emasligini, ushbu chora tizimning adolatli va manzilli ishlashini ta’minlash hamda budjet mablag‘lari talon-taroj qilinishining oldini olishga qaratilganini ta’kidladi.

Qo‘mita fuqarolarni “Soliq” ilovasida faqat o‘zlari amalga oshirgan xaridlar cheklarini ro‘yxatdan o‘tkazishga chaqirdi. Boshqa shaxslarning cheklarini ruxsatsiz olib qo‘yish yoki soxta cheklardan foydalanish shaxsni shubhali xaridorlar reyestriga kiritilishiga sabab bo‘ladi.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22

Kun tanlovi

Oltinsoy tumanida YPX xodimi to‘xtash talabiga bo‘ysunmagan Captiva ortidan xizmat avtomobilida kuzatgan va ko‘p o‘tmay YTH sodir bo‘lgan. Lacetti haydovchis…
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22
Yana koʻrsatish