Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Jamiyat

“Qonun qo‘pol ravishda buzilmoqda” — “Orzu” mahallasi aholisi

4-avg, 14:44
Aholi yillar davomida Prezidentga, hokimlikka va ekologiya idoralariga murojaat qilib, daraxtlar kesilishi va me’yorlar buzilishiga e’tiroz bildirgan, biroq …

Aholi yillar davomida Prezidentga, hokimlikka va ekologiya idoralariga murojaat qilib, daraxtlar kesilishi va me’yorlar buzilishiga e’tiroz bildirgan, biroq deyarli bir xil yuzaki javoblar olganini bildirdi.

Toshkent, Olmazor tumani, Beruniy ko‘chasi. Sobiq “Karvonbank” binosi o‘rnidagi qurilish maydoniga borganda birinchi ko‘zga tashlanadigan narsa chuqur kotlovan va undan atigi 10 metrcha uzoqlikda turgan ko‘p qavatli uylar. Shaharsozlik me’yorlariga ko‘ra bu masofa ancha katta bo‘lishi kerak edi. Lekin bu yerda tartib boshqacha ishlayotgani sezilib turibdi. Aholi Prezident nomiga yo‘llagan murojaatlari va ularga kelgan javob xatlarini bizga ko‘rsatdi.

Aholi yillar davomida Prezidentga, hokimlikka va ekologiya idoralariga murojaat qilib, daraxtlar kesilishi va me’yorlar buzilishiga e’tiroz bildirgan, biroq …

Mahalla aholisi bilan suhbatlashganda bir narsa aniq bo‘ldi: bu joy birdaniga qurilish maydoniga aylanib qolmagan. Avval bu yerda kafe bo‘lgan. Keyinchalik spirtli ichimliklar do‘koni ochilgan. Undan so‘ng pasport stoli ishlagan. Shundan keyin esa 70–80 yillik daraxtlar kesila boshlangan. Aholi noroziligiga qaramay. Ular daraxtlarni kechasi ham, kunduzi ham kesishda davom etgan. Fuqarolar e’tiroz bildirgan, lekin hech kim ularning gaplariga quloq solmagan. Ish davom etgan.

Aynan shu jarayonlar o‘tgan yillar davomida mahalla aholisini tinch qo‘ymagan. Ularning aytishiga qaraganda, yashil hudud asta-sekin torayib, dam olish joylari yo‘qolib borgan. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, “Orzu” mahallasi hududidagi mehmonxona binosi kotlovani qazish jarayonida pudratchi ehtiyotsizligi oqibatida yerning bir qismi o‘pirilib tushgan. Oqibatda ko‘p yillik sog‘lom daraxt qulab, elektr simlarini uzib yuborgan. Hudud bir muddat elektrsiz qolgan. Shahar hokimi vaziyatni nazoratiga olgan, tezkor komissiya tuzilgan.

Lekin joyida gaplar boshqacha. Aholining aytishicha, dastlab kotlovan o‘pirilishi juda baland ovoz bilan yuz bergan. Bu ovoz mahallani qo‘rqitib yuborgan. Qurilish ishchisi jarohatlangan. Quruvchilar buni yashirish uchun tez yordam chaqirishmagan. Aholining o‘zi tez yordam chaqirib, jarohatlangan ishchiga yordam bergan.

Aholi yillar davomida Prezidentga, hokimlikka va ekologiya idoralariga murojaat qilib, daraxtlar kesilishi va me’yorlar buzilishiga e’tiroz bildirgan, biroq …

Mahalla ahli Prezidentga, viloyat hokimligiga, ekologiya idoralariga va boshqa tashkilotlarga yuborgan murojaat xatlarini bizga ko‘rsatdi.

Ularning mazmuni deyarli bir xil: 65–80 yillik daraxtlar noqonuniy kesilayotgani, yashil hudud o‘rab olinayotgani, 243-maktabga kirish-chiqish yo‘llari va kommunal tizimlar inobatga olinmayotgani haqida. Xatlarda aniq yozilgan: “DONMAH-IMEX” MChJ va “UBR-DEVELOPMENT-GROUP” MChJ tomonidan olib borilayotgan qurilishda aholi manfaati deyarli hisobga olinmagan.

Fuqarolar ta’kidlaydiki, ular ko‘p marotaba murojaat qilishganiga qaramay deyarli barcha joydan bir xil, yuzaki javoblar kelgan. “Qonun qo‘pol ravishda buzilmoqda”, — deyishdi ular. Hattoki maktab kanalizatsiyasini turar-joy binolarining tizimiga ulab yuborishmoqchi bo‘lishgani haqida ham so‘zlab berishdi.

Aholi yillar davomida Prezidentga, hokimlikka va ekologiya idoralariga murojaat qilib, daraxtlar kesilishi va me’yorlar buzilishiga e’tiroz bildirgan, biroq …

“Orzu” mahallasidagi hodisa faqat bir kotlovan o‘pirilishi emas. U — yillar davomida o‘zgarib borgan bir joyning tarixi: kafe, spirtli ichimliklar do‘koni, pasport stoli va nihoyat qurilish maydoni. Har bosqichda aholi e’tiroz bildirgan, xat yozgan, murojaat qilgan. Lekin ularning murojaati hal etilmay kelmoqda. Prezident bir necha bor “daraxt kesmang, yashil hududlarni kamaytirmang, aholi manfaatini birinchi o‘ringa qo‘ying” deb aytgan. Mahalla ahli esa shu so‘zlardan iqtibos keltirmoqda.

Hozir tezkor komissiya ishlayapti. Tekshiruv natijalari e’lon qilinadi. Lekin aholi uchun asosiy savol boshqacha: bu hodisadan keyin ham shu hududdagi qurilish avvalgidek davom etadimi, yoki yashil hudud, xavfsizlik va qonun ustuvorligi haqidagi va’dalar amalda bajariladimi?

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22

Kun tanlovi

Oltinsoy tumanida YPX xodimi to‘xtash talabiga bo‘ysunmagan Captiva ortidan xizmat avtomobilida kuzatgan va ko‘p o‘tmay YTH sodir bo‘lgan. Lacetti haydovchis…
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22
Yana koʻrsatish