Qashqadaryo hokimi maslahatchisining Xitoyga safari tugashiga bir kun qolganda pul ajratish haqida qaror imzolandi

Safar 11-16-oktyabr kunlariga rejalashtirilgan bo‘lsada, uni moliyalashtirish bo‘yicha tegishli hujjat faqat 15-oktyabr kuni rasmiylashtirilgan.
Ajratilgan mablag‘lar mahalliy byudjetning zaxira jamg‘armasi hisobidan qoplangan. Maslahatchi Xitoyning Sichuan va Anxoy provinsiyalariga xizmat safari doirasida viloyat delegatsiyasi tarkibida qator uchrashuv hamda muzokaralarda iroq etishi belgilangan edi.
Muloqotlar davomida Xitoyning ikki provinsiyasi ma’muriyati, texnoparklar, oliy ta’lim hamda ilmiy markazlar, investitsiya fondlari, shuningdek, IT va sun’iy intellekt sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilinishi nazarda tutilgan.
@portal24_official









