Prezident energetikadagi kattakonlarni ayamayapti. “Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari ham ishdan olindi

Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda sohadagi kadrlar o‘garishi davom etdi. 2024-yil dekabr oyidan buyon “Hududiy elektr tarmoqlari” AJni boshqarib kelgan Asrorjon Askarov egallab turgan lavozimidan olindi. Uning o‘rniga Sardor Isaqulov kompaniyaning yangi rahbari sifatida ko‘rsatildi.
Shuningdek, davlat rahbari energetika yo‘nalishidagi boshqa yirik kompaniyalar – “Milliy elektr tarmoqlari”, “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Transgaz” va “Hududgaz” rahbarlariga joriy yil yakuniga qadar sinov muddati belgiladi.
Tizimdagi jiddiy kamchiliklar va muammolar sabab avvalroq Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ham lavozimidan ozod etilgan edi.






