Toşkentda 4 nafar sudyaga hukm öqildi

Toşkent viloyat sudida 13-noyabr kuni Toşkent şahar sudi raisi örinbosari lavozimida işlagan M.M. va Toşkent şahar sudi sudyasi lavozimida işlagan O.I., M.A va M.T.ga oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Toşkent viloyat sudlari matbuot xizmati xabar berdi.
E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq, M.M. Jinoyat kodeksining 207-moddasi 1-qismi (mansabga sovuqqonlik bilan qaraş) va 236-moddasi 2-qismida (sud işlarining hal etilişiga aralaşiş) nazarda tutilgan jinoyatlarni;
O.I., M.A. va M.T. Jinoyat kodeksining 231-moddasi 1-qismida (adolatsiz qaror çiqariş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildilar.
M.M.ga JKning 207-moddasi 1-qismi bilan uşbu Kodeksning 64-moddasiga asosan javobgarlikka tortiş muddatining ötib ketganligi munosabati bilan jazo tayinlanmagan;
JKning 236-moddasi 2-qismi bilan uşbu Kodeksning 45-moddasi qöllanilib, 3 (uç) yil muddatga sud tizimida mansabdorlik bilan boğliq lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 4 (tört) yil ozodlikdan mahrum qiliş;
O.I., M.A. va M.T.ning har biriga JKning 231-moddasi 1-qismi bilan uşbu Kodeksning 45-moddasi qöllanilib, 3 (uç) yil muddatga sud tizimida mansabdorlik bilan boğliq lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 4 (tört) yildan ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.
Xabarda, birinçi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasiga şikoyat berişi va protest keltirişi mumkinligi eslatib ötilgan.
- #sudya
- #sudyalarga hukm







