O‘zbekistondagi qurilish ishlarining uchdan bir qismidan ko‘prog‘i Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi

Qurilish hajmining asosiy va eng katta ulushi poytaxt hissasiga to‘g‘ri keldi. Toshkent shahridan keyingi yuqori o‘rinlarni Toshkent viloyati (24,1 trillion so‘m), Farg‘ona viloyati (15,4 trillion so‘m) hamda Buxoro viloyati (14,7 trillion so‘m) egalladi.
Shuningdek, Qashqadaryo, Samarqand va Andijon viloyatlarining har birida 12 trillion so‘mdan ortiq qiymatdagi bunyodkorlik ishlari bajarildi. Xorazm, Namangan, Navoiy hamda Surxondaryo viloyatlarida bu ko‘rsatkich 10,7 trilliondan 11,8 trillion so‘mgacha bo‘lgan diapazonda qayd etildi.
Eng kam qurilish hajmlari esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi (8,9 trillion so‘m), Jizzax viloyati (6,2 trillion so‘m) hamda Sirdaryo viloyatida (5,3 trillion so‘m) kuzatildi.








