Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#O‘zbekiston

O‘zbekistonda suyultirilgan gaz yetkazib berish jarayoniga xususiy operatorlarni jalb etiladi

7-sen, 16:45
O‘zbekistonda suyultirilgan gaz yetkazib berish jarayoniga xususiy operatorlar jalb etiladi

O‘zbekistonda suyultirilgan gaz yetkazib berish jarayoniga xususiy operatorlar jalb etiladi

O‘zbekistonda aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishga xususiy operatorlarni jalb qilish rejalashtirilmoqda. Dastlab Andijon viloyatida tajriba loyihasi amalga oshiriladi, keyinchalik uni boshqa hududlarga ham kengaytirish imkoniyati ko‘rib chiqiladi. Bu haqda 7-sentabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan taqdimotda so‘z yuritildi.

Takliflarga ko‘ra, tajriba doirasida xizmatlar kamida ikki operator tomonidan ko‘rsatilishi belgilangan. Operatorlar zarur litsenziya va ruxsatnomalarga, shuningdek, malakali muhandis-texnik xodimlarga ega bo‘lishi kerak. Iste’molchilar uchun mobil ilova va onlayn xizmatlar ham yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zbekistonda suyultirilgan gaz yetkazib berish jarayoniga xususiy operatorlar jalb etiladi

Aholi soni va hududlar orasidagi masofadan kelib chiqib, shaharsozlik normalari hamda yong‘in xavfsizligi talablariga mos shoxobchalar tashkil etish ko‘zda tutilgan. Tajribani boshqa hududlarda bosqichma-bosqich joriy etish masalasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda ko‘rib chiqiladi.

Taqdimotda qayd etilishicha, suyultirilgan gaz tabiiy gaz tarmog‘i yetib bormagan hududlarda muhim energiya manbai hisoblanadi. Hozir respublikada 3,8 millionga yaqin aholi va qariyb 2 mingta ijtimoiy soha obyekti ushbu yoqilg‘i bilan ta’minlanmoqda. 2026-yilda ularning ehtiyoji uchun 604,8 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan.

Biroq ayrim hududlarda gaz belgilangan muddatda yetkazilmayapti. Iste’molchilarning 22 foizi suyultirilgan gazni 46 kundan ortiq muddatda olmoqda. Shu sababli aholi qo‘shimcha ehtiyojini avtomobillarga gaz quyish shoxobchalaridan bozor narxida xarid qilishga majbur bo‘lmoqda. Natijada ayrim oilalarning bir oylik xarajati amaldagi belgilangan narxdan bir necha barobar yuqori bo‘layotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Amaldagi tartibda aholi va ijtimoiy soha obyektlariga suyultirilgan gaz imtiyozli narxlarda yetkaziladi. Ayni paytda ishlab chiqarish, import, xarid va yetkazib berish xarajatlari o‘rtasidagi tafovut ortib, budjet subsidiyalariga talab ko‘paymoqda.

Tizimni qayta tashkil etish uchun “Hududgazta’minot” ta’sischiligida “LPG-Trade” mas’uliyati cheklangan jamiyatini tuzish taklif qilinmoqda. Ushbu korxona suyultirilgan gazni birja orqali xarid qilib, belgilangan tartibda aholiga yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

Chakana narxni belgilashda iqtisodiy asoslangan mexanizmlarni qo‘llash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga esa xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun kompensatsiya to‘lash nazarda tutilmoqda. Shu orqali budjet mablag‘larini umumiy subsidiya shaklida ajratishdan aniq iste’molchini manzilli qo‘llab-quvvatlashga o‘tish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonda suyultirilgan gaz yetkazib berish jarayoniga xususiy operatorlar jalb etiladi

Shuningdek, ijtimoiy soha obyektlariga suyultirilgan gazni birja narxlarida yetkazish taklif etilmoqda. Gazni aholiga belgilangan narxda sotish natijasida yuzaga keladigan salbiy tafovutni respublika budjeti hisobidan qoplash tartibi ham nazarda tutilgan.

Prezident islohotlarda aholi manfaatini ustuvor qo‘yish, gazni o‘z vaqtida yetkazish, ta’minotdagi uzilishlarning oldini olish va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi. O‘zgarishlarni puxta hisob-kitob asosida, aholi uchun qulaylik va ijtimoiy adolatni ta’minlagan holda amalga oshirish lozimligi qayd etildi.

Mutasaddilarga gaz yetkazib berish grafigiga qat’iy rioya qilish, hisob-kitoblarni raqamlashtirish, taqsimotning shaffofligini ta’minlash, sun’iy taqchillik va asossiz narx oshishining oldini olish topshirildi.

Bundan tashqari, ehtiyojmand aholiga kompensatsiyalarni o‘z vaqtida to‘lash, gaz to‘ldirish inshootlari va tashish jarayonida xavfsizlik talablariga rioya etish hamda xususiy operatorlar faoliyati ustidan samarali nazorat o‘rnatish vazifalari belgilandi.

Islohotlar natijasida gaz yetkazib berish muddatlarini qisqartirish, xizmat sifatini oshirish, ta’minotda barqaror va shaffof tizim yaratish hamda budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish kutilmoqda.

Taqdimotda Jizzax viloyatida qurilayotgan integratsiyalashgan atom elektr stansiyasining tashqi infratuzilmasi va unga yondosh shaharcha bo‘yicha 2-sentabr kuni berilgan qo‘shimcha topshiriqlar ijrosi haqida ham axborot berildi.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03
Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

27-okt, 17:27
Shahrisabzda avtomobil daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi
#Jamiyat

Shahrisabzda avtomobil daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi

27-okt, 16:52
Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi
#O‘zbekiston

Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi

27-okt, 16:31
Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi
#Dunyo

Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi

27-okt, 16:25
“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19

Kun tanlovi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 58 ta savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasida o‘tkazilgan aksiyalarni tekshir…
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 58 ta savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasida o‘tkazilgan aksiyalarni tekshirib, 65 ta muammo va kamchilikni aniqladi.

27-okt, 18:03
O‘zbekiston fuqarolari 2027-yilning 1-martiga qadar Misrga mavjud tartib asosida erkin safar qilishlari mumkin bo‘ladi.
#O‘zbekiston

Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi

27-okt, 16:31
O‘zbekistonda “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalaridan zaharlanib, vafot etgan hamda nogiron bo‘lib qolgan bolalarning oilalariga sud qarori bilan belgi…
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

27-okt, 17:27
#Jamiyat

Shahrisabzda avtomobil daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi

27-okt, 16:52
#O‘zbekiston

Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi

27-okt, 16:31
#Dunyo

Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi

27-okt, 16:25
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19
Yana koʻrsatish