Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Jamiyat

O‘zbekiston xalq shoiri Sharifa Salimova vafot etdi

5-avg, 11:11
Bugun, 5-avgust kuni O‘zbekiston xalq shoiri Sharifa Salimova 75 yoshida vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.

Bugun, 5-avgust kuni O‘zbekiston xalq shoiri Sharifa Salimova 75 yoshida vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.

Marhumaning janozasi bugun asr namozidan so‘ng Chig‘atoy masjidida o‘qiladi.

Sharifa Salimova 1951-yilning 30-dekabrda Toshkent viloyatining Parkent tumanida tug‘ilgan. 1958–1968-yillarda maktabda tahsil olgan. Uning ilk she’rlari o‘sha davrda tuman nashri – “Sur’at” gazetasida chop etilgan.

1969–1974-yillarda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida o‘qigan. Oliy ta’limni tamomlagach, mehnat faoliyatini O‘zbekiston televideniye va radioeshittirish qo‘mitasining “Vatandosh” radiostansiyasida boshlagan. Bu yerda kichik muharrirdan bo‘lim boshlig‘igacha bo‘lgan lavozimlarda ishlagan.

1989–1994-yillarda “Saodat” jurnali hamda “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” haftaligida bo‘lim mudiri sifatida faoliyat yuritgan. Aynan shu davrda uning jamiyatdagi dolzarb masalalarni yoritishga bag‘ishlangan publitsistik maqolalari muntazam e’lon qilinib borgan.

Sharifa Salimova faoliyati davomida bir qator mas’ul davlat lavozimlarida ham ishlagan. U 1998–1999-yillarda O‘zbekiston Prezidenti devonining ijtimoiy-siyosiy masalalar bo‘yicha, 1999–2000-yillarda esa tashkiliy-kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha yetakchi konsultanti lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, 2000–2005-yillarda Oliy Majlisning Oila va ayollar muammolari komissiyasiga rahbarlik qilgan hamda deputat bo‘lgan. 2005–2009-yillarda esa Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi sifatida parlament faoliyatida ishtirok etgan.

Shoiraning dastlabki she’rlari 1970-yillarning oxiri va 1980-yillarda kitob holida nashr etilib, ular orasida “Hayot zavqi” (1978) va “Mening bahorim” (1987) to‘plamlari alohida o‘rin tutadi. Uning Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligiga bag‘ishlab yozilgan “Xizr bulog‘i” (1996) dostoni feodal davr ayollarining murakkab taqdirini yoritadi. “Tongga qasam” (2002) publitsistik maqolalar to‘plamida esa jamiyatning dolzarb muammolari qalamga olingan.

Sharifa Salimovaning adabiyot va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi davlat tomonidan ham e’tirof etilgan. U 1994-yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan, 2018-yilda esa “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.

Ijodkor nafaqat original asarlar muallifi, balki tarjimon sifatida ham samarali faoliyat olib borgan. U rus, qozoq va qirg‘iz shoiralari ijodidan tarjimalar qilgan, shuningdek, nemis islomshunosi va shoiri Hadayatulloh Hyubsh she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilib, ularni “Oh, atirgul” nomi bilan nashrga tayyorlagan.

PORTAL24.uz marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22

Kun tanlovi

Oltinsoy tumanida YPX xodimi to‘xtash talabiga bo‘ysunmagan Captiva ortidan xizmat avtomobilida kuzatgan va ko‘p o‘tmay YTH sodir bo‘lgan. Lacetti haydovchis…
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22
Yana koʻrsatish