Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Iqtisodiyot

O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida 12 mlrd dollarlik kelishuv imzolandi

20-okt, 09:52
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yig‘ilishi och…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yig‘ilishi ochilishida ishtirok etdi.

Tadbirda Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubio, AQSH Prezidentining maxsus vakili Serjio Gor, Amerikaning yetakchi kompaniyalari va banklari vakillari ham qatnashdi.

Davlat rahbari o‘z nutqida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlikning yangi imkoniyatlari ko‘p asrlar davomida xalqlar, madaniyatlar va savdo yo‘llarini birlashtirib kelgan shahar – Samarqandda muhokama qilinayotgani ramziy ma’noga ega ekanini ta’kidladi.

Qo‘shma loyihalar va tashabbuslarni ilgari surishga salmoqli hissa qo‘shayotgan Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi o‘rni alohida qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yig‘ilishi och…

Bugungi kunda O‘zbekistonda Amerika sarmoyasi ishtirokidagi yuzlab kompaniyalar faoliyat yuritmoqda. Ular bilan sanoat, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va yangi texnologiyalar sohalarida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda O‘zbekiston kompaniyalari ham AQSH iqtisodiyotiga investitsiya kiritishni boshlamoqda.

Muhim minerallarni o‘zlashtirish va chuqur qayta ishlash orqali yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish, zamonaviy va barqaror energetika tizimini rivojlantirish, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va davlat boshqaruviga sun’iy intellekt hamda raqamli yechimlarni joriy qilish, ta’lim va kadrlar tayyorlash hamkorlikni yanada kengaytirish uchun istiqbolli yo‘nalishlar sifatida ko‘rsatib o‘tildi.

Ishbilarmonlik va investitsiya kengashining bugungi yig‘ilishiga katta tayyorgarlik ko‘rilgani qayd etildi. Natijada umumiy qiymati qariyb 12 milliard dollarlik 54 ta kelishuv va istiqbolli tashabbusdan iborat to‘plam shakllantirildi. Ularni amalga oshirish uchun kompleks harakatlar dasturi ishlab chiqiladi.

Kengash faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida kuch va imkoniyatlarni uchta ustuvor vazifani hal etishga safarbar etish muhimligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yig‘ilishi och…

Ta’kidlanishicha, avvalo, AQSH tadbirkorlari uchun tushunarli va oldindan taxmin qilish mumkin bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish zarur. O‘zbekistonga kelgan sarmoyador ma’muriy tartib-taomillarga vaqt sarflamasdan, tezda o‘z biznesini boshlash imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.

Bu borada investorlar bilan ishlashda “Plug and Play” tamoyiliga asoslangan yangi yondashuvga o‘tilayotgani ta’kidlandi. Ularga yer maydoni, infratuzilma, ruxsat olish va hujjatlar rasmiylashtirish masalalari hal etilgan tayyor loyihalar taklif etiladi.

Shu bilan birga, o‘zbekistonlik tadbirkorlar ham hamkor sifatida ishtirok etishi va investitsiyaviy xatarlarning bir qismini o‘z zimmasiga olishi mumkin. Yangi tashkil etilgan To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi ham bunday loyihalarda ishtirok etadi.

Keyingi ustuvor vazifa sifatida iqtisodiyotning yangi tarmoqlarini hamda sanoat va texnologiyalar jadal rivojlanishiga xizmat qiladigan yirik markazlarni birgalikda shakllantirish muhimligi qayd etildi.

Kengash ikki mamlakat o‘rtasidagi uzoq muddatli iqtisodiy sheriklikning strategik mexanizmiga aylanishi lozimligi ta’kidlandi. Shu munosabat bilan 2035-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan savdo-investitsiyaviy va texnologik hamkorlik dasturini ishlab chiqish taklif etildi.

Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada

Shuningdek oʻqing

O‘zbekistonda 3 mlnga yaqin odam o‘ziga kredit olishni taqiqladi
#O‘zbekiston

O‘zbekistonda 3 mlnga yaqin odam o‘ziga kredit olishni taqiqladi

20-okt, 11:00
Toshkentning bir nechta tumanlarida havodan uchib kelgan shar sabab elektr energiyasida uzilish kuzatildi
#Jamiyat

Toshkentning bir nechta tumanlarida havodan uchib kelgan shar sabab elektr energiyasida uzilish kuzatildi

20-okt, 10:31
Toshkentda qizamiqqa qarshi 78 mingdan ortiq kishi emlandi
#Jamiyat

Toshkentda qizamiqqa qarshi 78 mingdan ortiq kishi emlandi

20-okt, 09:52
Bugun havo harorati 28 darajagacha ko‘tariladi
#O‘zbekiston

Bugun havo harorati 28 darajagacha ko‘tariladi

19-okt, 17:50
Qo‘shni davlatlarda Ramazon oyi 8-fevraldan boshlanishi kutilmoqda
#Dunyo

Qo‘shni davlatlarda Ramazon oyi 8-fevraldan boshlanishi kutilmoqda

19-okt, 17:29
O‘zbekiston doimiy aholisi soni 39,5 million kishidan oshdi
#Jamiyat

O‘zbekiston doimiy aholisi soni 39,5 million kishidan oshdi

19-okt, 17:23

Kun tanlovi

O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida 12 mlrd dollarlik kelishuv imzolandi
#Iqtisodiyot

O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida 12 mlrd dollarlik kelishuv imzolandi

20-okt, 09:52
O‘zbekistonda Google Pay to‘lov xizmati ishga tushirildi
#Iqtisodiyot

O‘zbekistonda Google Pay to‘lov xizmati ishga tushirildi

19-okt, 16:28
2026-yilning sentyabr oyida O‘zbekistondagi avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalarida jami 3,78 trillion so‘mlik savdo tushumi qayd etildi.
#Iqtisodiyot

“Zapravka”lardagi savdoning 92 foizdan ortig‘i bank kartalari orqali to‘lanyapti

18-okt, 17:29

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#O‘zbekiston

O‘zbekistonda 3 mlnga yaqin odam o‘ziga kredit olishni taqiqladi

20-okt, 11:00
#Jamiyat

Toshkentning bir nechta tumanlarida havodan uchib kelgan shar sabab elektr energiyasida uzilish kuzatildi

20-okt, 10:31
#Iqtisodiyot

O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida 12 mlrd dollarlik kelishuv imzolandi

20-okt, 09:52
#Jamiyat

Toshkentda qizamiqqa qarshi 78 mingdan ortiq kishi emlandi

20-okt, 09:52
#O‘zbekiston

Bugun havo harorati 28 darajagacha ko‘tariladi

19-okt, 17:50
#Dunyo

Qo‘shni davlatlarda Ramazon oyi 8-fevraldan boshlanishi kutilmoqda

19-okt, 17:29
Yana koʻrsatish