Mustaqillik shoh ko‘chasining bir qismi 15 kunga yopiladi

Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabariga ko‘ra, Mustaqillik shoh ko‘chasining bir tomonida ta’mirlash ishlari yakunlanib, qarama-qarshi tomonida rekonstruksiya boshlanmoqda.
Shu sababli, 16-iyul kuni soat 01:00 dan 31-iyul kuni soat 22:00 ga qadar ushbu ko‘chaning Parkent ko‘chasi kesishmasidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismi harakatlanish uchun vaqtincha yopiladi.
Buning evaziga, 16-iyul kuni soat 02:00 dan boshlab qurilish ishlari yakunlangan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi kesishmasidan Oqqo‘rg‘on ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘nalish barcha turdagi transport vositalari uchun qayta ochiladi. Mazkur cheklovlar yo‘l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida joriy etilmoqda va haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.






