Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Jamiyat

Fuqaro uyiga adashib kirib, reyd o‘tkazgan Shahrisabz hokimiga Antokorrupsiya agentligi xizmat tekshiruvi o‘tkazishni so‘radi

5-avg, 12:19
Ijtimoiy tarmoqlatrda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani hokimi fuqaroning uyiga kirib borgan videosi tarqaldi.

Ijtimoiy tarmoqlatrda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani hokimi fuqaroning uyiga kirib borgan videosi tarqaldi.

Tasvirlarda tuman hokimi xonadon egasiga yashash joyini tanqid qilib, olingan video mahallaning Telegram guruhiga tashlanishini aytgani aks etgan.

“Ertaga shu ro‘zg‘orga, masalan, ‘normalniy’ odam kelin bermaydi. Bugun kanalga qo‘yiladi hozir. Mana shu mahalla kanalida o‘zingizni ko‘rasiz. Anavi qo‘shningizni ham oldik”, degan hokim.

Bundan tashqari, u ushbu xonadon vakillariga jarima solishni ham buyurgan.

“Hozir jarimani urasiz. Ko‘cha, uyini, yashash, axlat, hammasi uchun jarima urasiz. Menga birortasidan men iltimos qildim, kechirim so‘radi degan gap kerak emas”, deya ta’kidlagan hokim.

Hokimning mazkur harakati ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgach, videodagi xonadonga adashib kirib qolgani haqida bayonot bilan chiqdi. Unda aytiladiki, mahalla raisi yon hovlidagi nogironligi bo‘lgan keksa er-xotinlarning darvozasini emas, o‘rniga adashib boshqa darvozani ko'rsatib yuborgan.

“Tuman hokimi “Shamaton” mahallasida o‘rganishlar davomida yo‘l bo‘yida joylashgan, tashqi ko‘rinishi qarovsiz holatdagi xonadonga e’tibor qaratgan. Mahalla raisidan ushbu uyda kim yashashi so‘ralganda, u yerda nogironligi bo‘lgan keksa er-xotinlar istiqomat qilishi ma’lum qilingan. Fuqarolarning holidan xabar olish va muammolarini o‘rganish maqsadida xonadonga tashrif buyurilgan. Biroq, yonma-yon joylashgan va darvozalari bir joyda bo‘lganligi sababli mahalla raisi tomonidan xonadonlar darvozasi adashib ko‘rsatilgan. Natijada dastlab boshqa xonadonga kirilgan”, – deyiladi hokimiyat bayonotida.

Mazkur holatlardan so‘ng Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi viloyat hokimligiga holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda xizmat tekshiruvi o‘tkazish hamda huquqiy baho berish bo‘yicha taqdimnoma kiritdi. Mazkur taqdimnoma Agentlikning davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatlari doirasida kiritilgan.

Shuningdek, har qanday darajadagi rahbar fuqarolar bilan muloqotda davlat xizmatchisi odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilishi shartligini ham qayd etdi. Fuqarolarning shaxsiy hayoti daxlsizligini buzish, ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish, shuningdek, asossiz ma’muriy bosim o‘tkazish qonunchilik hamda etika me’yorlariga mutlaqo zid ekani ta’kidlandi.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22

Kun tanlovi

Oltinsoy tumanida YPX xodimi to‘xtash talabiga bo‘ysunmagan Captiva ortidan xizmat avtomobilida kuzatgan va ko‘p o‘tmay YTH sodir bo‘lgan. Lacetti haydovchis…
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22
Yana koʻrsatish