“Endi svet o‘chmaydimi?”. Toshkent shahar hokimi poytaxt elektr tarmoqlarini yangilashga 5 milliard 128 million so‘m ajratdi

Ajratilgan mablag‘ Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJga yo‘naltiriladi. Ular poytaxtning elektr infratuzilmasini yaxshilash va tarmoqlardagi yuklamalarni kamaytirish ishlariga sarflanadi.
Hokim qaroriga ko‘ra, ajratilgan mablag‘larning o‘z vaqtida va maqsadli sarflanishini nazorat qilish shahar hokimining uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Obidjon Mo‘minov zimmasiga yuklatildi.






