Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Jamiyat

Elektromobil oluvchilarga kredit foizining bir qismi qoplab berilishi taklif qilinmoqda

8-avg, 10:22
O‘zbekistondaAholiga elektromobil sotib olish uchun ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish taklif qilinmoqda.

O‘zbekistondaAholiga elektromobil sotib olish uchun ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish taklif qilinmoqda.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tegishli kompensatsiya mexanizmini joriy etishni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihada qiymati 412 mln so‘mgacha bo‘lgan elektromobillarni birlamchi bozordan xarid qilish uchun olingan 300 mln so‘mgacha bo‘lgan avtokreditlarning dastlabki ikki yilidagi foiz xarajatlarining bir qismi qoplanadi. Bunda kompensatsiya kredit stavkasining 16 foizdan yuqori bo‘lgan qismiga, ammo ko‘pi bilan 8 foiz bandgacha tatbiq etilishi mumkin.

Kompensatsiya kreditning dastlabki ikki yili uchun hisoblanadi. Davlat kredit stavkasining 16 foizdan yuqori bo‘lgan qismini qoplaydi, biroq kompensatsiya miqdori 8 foiz banddan oshmaydi. Masalan, kredit stavkasi 20 foiz bo‘lsa, uning 16 foizdan yuqori bo‘lgan 4 foiz bandi kompensatsiya doirasiga tushadi.

Mazkur tartib faqat tashqi elektr manbaidan quvvatlanadigan, ichki yonuv dvigateliga ega bo‘lmagan M1 toifasidagi elektromobillarga nisbatan qo‘llanadi. Kredit birlamchi bozordan avtomobil xarid qilish uchun milliy valyutada ajratilgan bo‘lishi lozim.

Kompensatsiyadan foydalanish uchun fuqaro avtokredit olish vaqtida bankka topshiradigan arizasida ushbu imkoniyatdan foydalanmoqchi ekanini alohida ko‘rsatadi. Buning uchun u bank talablari asosida kreditga layoqatli deb topilgan va boshqa kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lmagan bo‘lishi kerak.

Bank qarz oluvchining shartlarga muvofiqligini tekshiradi. Kompensatsiya rad etilgan taqdirda, fuqaro uch ish kuni ichida rad etish sabablari haqida xabardor qilinishi kerak. Kompensatsiyaning mavjudligi va uning miqdori kredit shartnomasida ham aks ettiriladi.

Mablag‘larni banklarga Iqtisodiyot va moliya vazirligi ajratadi. Banklar har oyning 5-sanasigacha tegishli buyurtmanomani vazirlikka yuboradi. Hujjatlar kelib tushganidan so‘ng kompensatsiya mablag‘lari uch ish kunida bankning alohida hisobvarag‘iga o‘tkaziladi, bank esa ularni bir ish kuni ichida kredit shartnomasiga muvofiq hisobga oladi.

Ayrim holatlarda kompensatsiya to‘lovi to‘xtatiladi. Jumladan, qarz oluvchi to‘lovlarni uch oy ketma-ket bajarmasa, kredit muddatidan oldin to‘liq yopilsa, shartnoma bekor qilinsa yoki haqiqiy emas deb topilsa, shuningdek, taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlansa, kompensatsiya ajratilishi to‘xtatiladi.

Kompensatsiya xarajatlari 2026-yilda respublika budjetining qo‘shimcha manbalari, 2027–2030-yillarda esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanishi belgilangan.

Shuningdek, kompensatsiya mablag‘larining maqsadli sarflanishi uchun banklar javobgar bo‘ladi. Ushbu mablag‘larning sarflanishi ustidan nazoratni Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi amalga oshiradi.

Jamoatchilik loyiha yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini 22-avgustgacha bildirishi mumkin.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22

Kun tanlovi

Oltinsoy tumanida YPX xodimi to‘xtash talabiga bo‘ysunmagan Captiva ortidan xizmat avtomobilida kuzatgan va ko‘p o‘tmay YTH sodir bo‘lgan. Lacetti haydovchis…
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22
Yana koʻrsatish