Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#O‘zbekiston

“Bu ayol jamiyatda yashashga ham loyiq emas” — Fargʻonada bosh hamshira 4 nafar xodimni pichoqladi

11-sen, 15:21
Bosh prokuratura matbuot xizmati holatni tasdiqlagan. Xabarlarga koʻra, hujum 7-sentabr kuni sodir boʻlgan. Dastlabki rasmiy maʼlumotlarda ikki nafar hamshir…

Bosh prokuratura matbuot xizmati holatni tasdiqlagan. Xabarlarga koʻra, hujum 7-sentabr kuni sodir boʻlgan. Dastlabki rasmiy maʼlumotlarda ikki nafar hamshira pichoqlangan, ulardan biri voqea joyida vafot etgan, ikkinchisining hayoti tezkor tibbiy yordam tufayli saqlab qolinganligi aytilgan edi. Keyinchalik jabrlanuvchilarning yaqinlari va guvohlar jami toʻrt nafar xodim jarohatlanganini, ulardan birining ya’ni o’sha yerda ishlovchi farrosh yurak sohasidan olgan jarohati tufayli voqea joyida vafot etganini maʼlum qilmoqda.

Jabrlanuvchining turmush oʻrtogʻi va boshqa guvohlarning soʻzlariga koʻra, hujumni shifoxonaning katta bosh hamshirasi amalga oshirgan. U xodimlarni xonasiga “uyimni sotdim, har biringizga 200 dollar beraman” deb chaqirib, eshikni ichkaridan qulflagan. Shundan soʻng pichoq bilan hujum qilgan. Bir nafar hamshira derazadan oʻzini tashlab qochgan, biroq gumonlanuvchi uni quvib yana pichoqlagan. Yana bir xodim eshikni ochishga urinayotganda orqasidan zarba olgan.

Shifoxona rahbariyati vakilining aytishicha, hodisa joyiga yetib borganda ichki ishlar, prokuratura va tez yordam xodimlari allaqachon ish olib borayotgan edi. Gumonlanuvchi ayol qoʻllarini yuvib, bemalol mashinada binodan chiqib ketgan. Xodimlarda maxsus signal knopkasi boʻlgani uchun 3 daqiqa ichida huquq-tartibot organlari yetib kelgan va uni ushlab olib kelishgan.

Jabrlanuvchilarning yaqinlari gumonlanuvchi avval ham qoʻshnisiga tan jarohati yetkazgani va qamalganini, shunga qaramay tibbiyot muassasasida boshliq lavozimida ishlashda davom etganini taʼkidlamoqda. Ularning soʻzlariga koʻra, ayol kredit olish uchun qoʻl ostidagi xodimlarni kafil qilib qoʻygan, shu sababli koʻpchilik undan qoʻrqib, hatto maoshlarini ham darhol bankdan olib kelgan. Jabrlanuvchining kelini  “Hamma deyarli kasalxonada u ayoldan qoʻrqardi” degan.

Guvohlarning daʼvo qilishicha, gumonlanuvchi oktabr oyida nafaqaga chiqishi rejalashtirilgan edi. U xodimlarga “Sizlarni ham quritib chiqib ketaman” mazmunidagi tahdidlar qilgan va ishdan ketishidan oldin “hisob-kitob qilib olish” niyatida boʻlgani aytilmoqda.

Shifoxona shifokorining maʼlumotiga koʻra, uch nafar jarohatlangan xodim jonlantirish boʻlimiga olib kelingan. Ulardan ikkisining ahvoli qoniqarli, bittasiniki ogʻir. Jarohatlar asosan koʻkrak qafasi va orqa qismiga yetkazilgan, ichki aʼzolarga yetib bormagan.

Psixiatriya boʻlimi xodimi ayolning ruhiy holati boʻyicha hech qanday shikoyat yoki muammo kuzatilmaganini, tibbiy koʻriklar paytida ham ruhiy jihatdan sogʻlom deb topilganini bildirgan.

Holat yuzasidan Qoʻshtepa tuman prokuraturasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatgan. Gumonlanuvchi ayol protsessual tartibda ushlangan. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov tergov organlari barcha tafsilotlarni oʻrganayotganini maʼlum qilgan. Tergov davom etmoqda.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03
Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

27-okt, 17:27
Shahrisabzda avtomobil daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi
#Jamiyat

Shahrisabzda avtomobil daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi

27-okt, 16:52
Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi
#O‘zbekiston

Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi

27-okt, 16:31
Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi
#Dunyo

Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi

27-okt, 16:25
“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19

Kun tanlovi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 58 ta savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasida o‘tkazilgan aksiyalarni tekshir…
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 58 ta savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasida o‘tkazilgan aksiyalarni tekshirib, 65 ta muammo va kamchilikni aniqladi.

27-okt, 18:03
O‘zbekiston fuqarolari 2027-yilning 1-martiga qadar Misrga mavjud tartib asosida erkin safar qilishlari mumkin bo‘ladi.
#O‘zbekiston

Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi

27-okt, 16:31
O‘zbekistonda “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalaridan zaharlanib, vafot etgan hamda nogiron bo‘lib qolgan bolalarning oilalariga sud qarori bilan belgi…
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

27-okt, 17:27
#Jamiyat

Shahrisabzda avtomobil daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi

27-okt, 16:52
#O‘zbekiston

Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi

27-okt, 16:31
#Dunyo

Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi

27-okt, 16:25
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19
Yana koʻrsatish