Toshkent shahrining ba’zi hududlarida ichimlik suvi 24 soatga uziladi

Ushbu ishlar doirasida Toshkent shahrida mutaxassislar beshta magistral zulfinni almashtiradi. Ularning ikkitasi diametric 1200 millimetrli va uchtasi diametri 800 millimetrli Aholining ertalabki suv iste’moli eng yuqori bo‘lgan vaqtda ichimlik suvidan foydalanib qolishi uchun ishlarni soat 10:00 da boshlash belgilandi.
Vaqtinchalik uzilish jami 33 ming dan ortiq aholiga ta’sir qilishi mumkin.
Markazlashgan suv ta’minotidan vaqtincha uzilgan barcha mahallalar, shuningdek, davlat va ijtimoiy soha muassasalariga ichimlik suvi maxsus transportda yetkazib beriladi.






