Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#O‘zbekiston

Toshkent dunyo reytingida 128 pog‘onaga ko‘tarildi: poytaxtning qaysi ko‘rsatkichlari ortda qolmoqda?

22-sen, 15:24
Toshkent dunyo reytingida 128 pog‘onaga ko‘tarildi: poytaxtning qaysi ko‘rsatkichlari ortda qolmoqda?

Toshkent shahri Oxford Economics xalqaro tadqiqot kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan Global Cities Index 2026 reytingida 128 pog‘onaga ko‘tarilib, dunyoning 1000 ta yirik shahri orasida 343-o‘rinni egalladi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi xabar berdi.

Poytaxt iqtisodiyot yo‘nalishida bir yil ichida 558-o‘rindan 188-o‘ringa ko‘tarilgan. Inson kapitali bo‘yicha esa 108-o‘rinni egallagan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilda 136-o‘rin, 2025-yilda 123-o‘rinni tashkil etgan.

Global Cities Index — Oxford Economics kompaniyasi tomonidan tuziladigan xalqaro reyting bo‘lib, unda dunyoning 1000 ta yirik shahri iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar asosida baholanadi. Tadqiqot shaharlarning bugungi holati bilan birga, ularning kelgusidagi rivojlanish imkoniyatlarini ham hisobga oladi.Reyting beshta asosiy yo‘nalishni qamrab oladi: iqtisodiyot, inson kapitali, hayot sifati, atrof-muhit va boshqaruv. Baholashda iqtisodiy o‘sish, bandlik, aholining bilim va malakasi, daromadlar, uy-joy xarajatlari, havo sifati, iqlim xavflari hamda boshqaruv bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar o‘rganiladi.

Orqada qolingan boshqa ko‘rsatkichlar

Toshkent shahri hokimligi iqtisodiyot va inson kapitali bo‘yicha erishilgan natijalarni alohida ta’kidlagan bo‘lsa-da, reytingning qolgan uch yo‘nalishidagi ko‘rsatkichlarni keltirmagan. Xususan, Toshkent hayot sifati bo‘yicha 644-o‘rinni, atrof-muhit yo‘nalishida 806-o‘rinni, boshqaruv bo‘yicha esa 825-o‘rinni egallagan.

Taqqoslash uchun, qo‘shni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek umumiy reytingda 461-o‘rinda joylashgan. Toshkent iqtisodiyot va inson kapitali bo‘yicha Bishkekdan yuqorida turgan bo‘lsa-da, ekologik ko‘rsatkichlarda buning aksi kuzatiladi. Bishkek atrof-muhit yo‘nalishida 671-o‘rinni egallagan. Bu Toshkentdan 135 pog‘ona yuqori. Hayot sifati va boshqaruv bo‘yicha esa Toshkentning ko‘rsatkichlari Bishkeknikidan biroz yaxshiroq.

Oxford Economics tahlilida Toshkentning zaif tomonlari sifatida haroratdagi me’yordan og‘ishlar, zararli gazlar chiqarilishi intensivligining yuqoriligi va uy-joy xarajatlarining kattaligi qayd etilgan. Shuningdek, ekologik xavflar va suv resurslariga bog‘liqlik shaharning kelgusidagi rivojlanishiga ta’sir qilishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

Toshkent rivojlanishi kuzatib boriladigan shaharlar qatoriga kiritildi

Shu bilan birga, Oxford Economics Toshkentni “Cities to Watch” — rivojlanishini kuzatib borish lozim bo‘lgan shaharlar ro‘yxatiga kiritgan. Tadqiqotda poytaxtning iqtisodiy o‘sishi, malakali kadrlar salohiyati, texnologiyalar va investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlariga e’tibor qaratilgan.

Kompaniya prognoziga ko‘ra, 2026–2030-yillarda Toshkent iqtisodiyoti har yili o‘rtacha 7 foizdan ortiq o‘sishi kutilmoqda. Tahlilchilar shahar iqtisodiyotining rivojlanishida IT Park, Yangi Toshkent loyihasi, qurilish sohasi va xalqaro logistika imkoniyatlarini muhim omillar sifatida ko‘rsatgan.

Toshkent shahri hokimligi ham reyting natijalariga munosabat bildirar ekan, iqtisodiy o‘sish aholining kundalik hayotida sezilishi kerakligini ta’kidlagan. Hokimlik shahar muhiti sifati, toza havo va har bir tumanda qulay yashash sharoitlarini yaratish borasida hali ko‘p ishlar amalga oshirilishi kerakligini tan olgan.

Shunday qilib, Global Cities Index 2026 natijalari Toshkentning iqtisodiyot va inson kapitali bo‘yicha xalqaro reytingdagi o‘rni yaxshilanayotganini ko‘rsatmoqda. Ayni paytda ekologiya, hayot sifati va boshqaruv yo‘nalishlaridagi ko‘rsatkichlar poytaxt rivojlanishida e’tibor talab qiladigan masalalar ham mavjudligini ko‘rsatadi.

  • #Global Cities Index 2026
  • #Toshkent
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

#Iqtisodiyot

Özbekiston uran işlab çiqariş hajmini ikki baravar oşirib, 15 ming tonnaga yetkazmoqçi

6-noy, 14:13
#Dunyo

Rossiyadan haydalişga sabab böladigan qoidabuzarliklar soni ikki baravarga köpaydi: özbekistonliklar uçun ogohlantiriş berildi

6-noy, 12:29
#Jamiyat

Özbekistonning 9 hududi sel-suv toşiqinidan ogohlantirildi

6-noy, 11:20
#O‘zbekiston

“Yana xohlayman”. Nilufar Hamidova 7 sutkaga qamaldi

6-noy, 10:38
#Jamiyat

Toşkentda buyurtma asosida odam öğirlaşga uringan ikki erkak uşlandi

6-noy, 10:09
#Iqtisodiyot

Özbekistonda tarixdagi eng yuqori paxta hosili yiğib olindi

5-noy, 17:47

Kun tanlovi

#O‘zbekiston

“Yana xohlayman”. Nilufar Hamidova 7 sutkaga qamaldi

Tarmoqlarda e’tirozlarga sabab bölgan videosi ortidan uzr söragan aktrisa va bloger Nilufar Hamidova mayda bezorilik sodir etganlikda aybdor deb topilib, ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi.

6-noy, 10:38
#O‘zbekiston

Özbekistonda taqiqlangan diniy kontentlar röyxati yangilandi: taqiqqa tuşganlar soni 2 mingdan oşdi

4-noy, 11:49
#O‘zbekiston

Boğça mudirasi ölimi ortidan Zarbdor tumani hokimi işdan olindi

4-noy, 09:42

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Iqtisodiyot

Özbekiston uran işlab çiqariş hajmini ikki baravar oşirib, 15 ming tonnaga yetkazmoqçi

6-noy, 14:13
#Dunyo

Rossiyadan haydalişga sabab böladigan qoidabuzarliklar soni ikki baravarga köpaydi: özbekistonliklar uçun ogohlantiriş berildi

6-noy, 12:29
#Jamiyat

Özbekistonning 9 hududi sel-suv toşiqinidan ogohlantirildi

6-noy, 11:20
#O‘zbekiston

“Yana xohlayman”. Nilufar Hamidova 7 sutkaga qamaldi

6-noy, 10:38
#Jamiyat

Toşkentda buyurtma asosida odam öğirlaşga uringan ikki erkak uşlandi

6-noy, 10:09
#Iqtisodiyot

Özbekistonda tarixdagi eng yuqori paxta hosili yiğib olindi

5-noy, 17:47
Yana koʻrsatish