Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Jamiyat

Senat 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini ma’qulladi

2-okt, 12:29
Oliy Majlis Senatida 2-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qili…

Oliy Majlis Senatida 2-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini ma’qulladi. Ushbu norma “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunida so‘z boradi.

Qonun bilan 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tekkanlik hamda unga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirganlik uchun uzoq muddatli 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriy etilmoqda.

Shuningdek, bolalarning jinsiy daxlsizligiga qarshi sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish va hukmni ijro etish muddatlarining o‘tib ketganligi qo‘llanilmaydi.

Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun shartli hukm qilish va jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish butunlay taqiqlanmoqda.

Jinsiy zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bo‘lgan bolalarga protsessual harakatlarga jalb etilgan ilk daqiqalardan e’tiboran davlat hisobidan bepul malakali yuridik yordam ko‘rsatish tizimi joriy etilmoqda.

Zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan voyaga yetmaganlarni so‘roq qilish jarayonini videoyozuv orqali qayd etish, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyat qurboni bo‘lgan bola va gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘rtasidagi yuzlashtirishni maxsus tartib bo‘yicha o‘tkazish, jabrlanuvchi bola va ayblanuvchi o‘rtasidagi yuzlashtirishni faqat tergovchi, prokuror qarori yoki sud ajrimi asosida o‘tkazish belgilanmoqda.

Agar zo‘ravonlik oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, protsessual jarayonlarda vasiylik va homiylik organi vakilining ishtiroki majburiy qilib qo‘yilmoqda.

Mehnat kodeksiga kiritilayotgan qo‘shimchaga ko‘ra, ta’lim va tarbiya muassasalarida bolani tarbiyalash va unga ta’lim berish borasidagi majburiyatlar o‘z zimmasiga yuklatilgan ta’lim tashkiloti xodimining bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilganligi munosabati bilan uning mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga asos bo‘ladi. Bunday shaxslarning kelgusida bolalar bilan ishlashiga cheklov qo‘yiladi.

Shu bilan birga, ota-onalarning bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmasligi, ularning asosiy ehtiyojlarini qasddan qanoatlantirmasligi, nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzishi, shuningdek, bolalarni sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.

Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va bolalar qayta zo‘ravonlikka uchrashdan qo‘rqib murojaat qilishga ikkilanmasligi uchun, ularning so‘roviga asosan yashash manziliga yozma yoki elektron javob xati yubormaslik tartibi joriy etilmoqda.

Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada

Shuningdek oʻqing

Zaynilobiddin Nizomiddinov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
#Siyosat

Zaynilobiddin Nizomiddinov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

12-okt, 17:56
Toshkent metrosi uchun 14 ta yangi poyezd xarid qilinadi
#O‘zbekiston

Toshkent metrosi uchun 14 ta yangi poyezd xarid qilinadi

12-okt, 17:45
“Yandex” data-markazlaridagi uskunalarni yangilashga olti oy ketishi mumkin
#Dunyo

“Yandex” data-markazlaridagi uskunalarni yangilashga olti oy ketishi mumkin

12-okt, 17:40
Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Robert Xoll va Maykl Vudfordga berildi
#Dunyo

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Robert Xoll va Maykl Vudfordga berildi

12-okt, 17:29
Surxondaryoda 10-sinf o‘quvchisi boshqargan Cobalt avtohalokatga uchrab, oqibatda bir kishi halok bo‘ldi
#Jamiyat

Surxondaryoda 10-sinf o‘quvchisi boshqargan Cobalt avtohalokatga uchrab, oqibatda bir kishi halok bo‘ldi

12-okt, 16:28
Bo‘stonliqda fuqarodan 4 gektar yerni rasmiylashtirish uchun 840 ming AQSh dollari talab qilgan tadbirkor ushlandi
#Jamiyat

Bo‘stonliqda fuqarodan 4 gektar yerni rasmiylashtirish uchun 840 ming AQSh dollari talab qilgan tadbirkor ushlandi

12-okt, 15:40

Kun tanlovi

O‘quvchi onasiga tegishli boʻlgan Cobaltni yuqori tezlikda boshqarib kelib, malakasizlik qilib boshqaruvni yoʻqotgan va yoʻlning oʻrtasida oʻrnatilgan yoriti…
#Jamiyat

Surxondaryoda 10-sinf o‘quvchisi boshqargan Cobalt avtohalokatga uchrab, oqibatda bir kishi halok bo‘ldi

O‘quvchi onasiga tegishli boʻlgan Cobaltni yuqori tezlikda boshqarib kelib, malakasizlik qilib boshqaruvni yoʻqotgan va yoʻlning oʻrtasida oʻrnatilgan yoritish chiroqlari ustuniga borib urilgan.

12-okt, 16:28
Tadbirkor 4 gektar yer maydonida turarjoy binolari qurilishini hujjatlashtirib berishni vaʼda qilgan. Buning uchun u oʻzining Respublika Bosh kadastr agentli…
#Jamiyat

Bo‘stonliqda fuqarodan 4 gektar yerni rasmiylashtirish uchun 840 ming AQSh dollari talab qilgan tadbirkor ushlandi

12-okt, 15:40
O‘zgidromet O‘zbekistonda hafta davomida kuzatiladigan ob-havo ma'lumotlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakatda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda y…
#Jamiyat

O‘zbekistonda hafta davomida ob-havo qanday bo‘lishi e’lon qilindi

12-okt, 15:01

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Siyosat

Zaynilobiddin Nizomiddinov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

12-okt, 17:56
#O‘zbekiston

Toshkent metrosi uchun 14 ta yangi poyezd xarid qilinadi

12-okt, 17:45
#Dunyo

“Yandex” data-markazlaridagi uskunalarni yangilashga olti oy ketishi mumkin

12-okt, 17:40
#Dunyo

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Robert Xoll va Maykl Vudfordga berildi

12-okt, 17:29
#Jamiyat

Surxondaryoda 10-sinf o‘quvchisi boshqargan Cobalt avtohalokatga uchrab, oqibatda bir kishi halok bo‘ldi

12-okt, 16:28
#Jamiyat

Bo‘stonliqda fuqarodan 4 gektar yerni rasmiylashtirish uchun 840 ming AQSh dollari talab qilgan tadbirkor ushlandi

12-okt, 15:40
Yana koʻrsatish