“Kokoş”, Barçin Ğofurova va “Ryyan Sweet” qamaldi

Iş hujjatlariga köra, mojaro 2025-yilning 3-mart kuni “Kokoş” taxallusi bilan tanilgan bloger Komila Abduqodirova Çilonzor tumanidagi “Med Consultant” xususiy klinikasida liposaksiya va abdominoplastika jarrohlik amaliyotini ötkazganidan söng boşlangan.
Operatsiya muvaffaqiyatli ötgan bölsa-da, bemor şifokorlarning operatsiyadan keyingi körsatmalariga amal qilmagani — xususan, nikotin iste’mol qilgani, yotoq rejimi va gigiyena qoidalarini buzgani hamda ruxsatsiz boşqa muolaja olgani sababli unda nekroz jarayoni kuzatilgan.
Şunga qaramay, Komila Abduqodirova, boşlovçi Barçin Ğofurova va “Ryyan Sweet” nomi bilan tanilgan bloger Nihola Rajabova Instagram sahifalarida klinika şifokorlarini ayblab, haqoratomuz videolarni tarqatişgan.
Sudlanuvçilar tuhmat videolarni öçiriş va klinika rahbari U.A. ning obröyini tiklab beriş evaziga undan Komila Abduqodirovani Turkiyadagi klinikada davolatiş uçun 35 ming AQŞ dollari ötkazib berişni talab qilişgan. Dastlab, joriy yilning 16-iyun kuni jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudi Komila Abduqodirovaga 1 yil 6 oy, Barçin Ğofurovaga 1 yil 3 oy muddatga ozodlikni çeklaş, Nihola Rajabovaga esa 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlagan edi.
Biroq jabrlanuvçi U.A. va sudlanuvçi Nihola Rajabovaning şikoyatlari asosida iş Toşkent şahar sudining apellyatsiya instansiyasida qayta körib çiqilib, birinçi instansiya hukmi bkor qilindi. 13-noyabr kuni çiqarilgan yangi hukmga muvofiq, uçala ayol ham Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qiliş) 3-qismi “a” bandi va 165-moddasi (tovlamaçilik) 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topildi.
Natijada Komila Abduqodirova 3 yil 6 oyga, Barçin Ğofurova 4 yilga, Nihola Rajabova esa 4 yil 6 oyga umumiy tartibli koloniyada ötaş şarti bilan ozodlikdan mahrum etildi.
Şuningdek, sud jabrlanuvçiga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undiriş uçun fuqarolik işlari böyiça sudga murojaat qiliş huquqini tuşuntirdi. Tomonlar mazkur hukm ustidan belgilangan tartibda Toşkent şahar sudining taftiş instansiyasiga şikoyat kiritişlari mumkin.
- #“Kokoş”
- #Barçin Ğofurova
- #qamoq







