O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobil sotilayotgani aytildi

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslanganda qariyb 26 mingtaga ko‘pdir.
Ishlab chiqarish va sotuv hajmi bo‘yicha “Cobalt” modeli mutlaq yetakchilikni o‘z qo‘lida saqlab turibdi – hisobot davrida ushbu rusumdan 107 141 dona konveyerdan chiqqan. Keyingi pog‘onalarni tegishlicha “Damas” (55 022 dona) hamda “Tracker” (29 781 dona) modellari band etgan.
Bozorda, shuningdek, boshqa brendlar va gibrid avtomobillarning ulushi ham sezilarli darajada oshgan. Dastlabki sakkiz oy davomida “BYD” brendi ostida 23 850 ta, “Onix” modelidan 23 498 ta va “KIA” markasidan 19 374 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.
Bundan tashqari, mahalliy korxonalarda 6 227 ta “Haval”, 5 751 ta “Chery” hamda 1 530 ta “Chevrolet Damas Move” yig‘ilgan. Maxsus texnik xususiyatga ega yengil avtomobillar soni esa 38 215 tani tashkil etdi.









