Milliardlab dollarlik kelishuvlar imzolanadi – Marko Rubio

U o‘z so‘zini O‘zbekiston tomoniga samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirishdan boshlagan.
AQSH Davlat kotibi Samarqand asrlar davomida jahon savdosining muhim chorrahasi bo‘lib kelganini ta’kidlab, bugun bu yerga qariyb 300 ta Amerika kompaniyasi vakillari kelganini bildirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tashrif yakunlari bo‘yicha milliardlab dollarlik kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda. Rubio AQSH O‘zbekiston va mintaqa davlatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini ma’lum qildi.








