Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ
Bosh muharrir: Qadamov Javohir Azizbek oʻgʻli

Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Jamiyat

14 yoshga to‘lmagan bolalarni zo‘rlaganlik uchun umrbod qamoq jazosini nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ma’qullandi

29-sen, 14:53

O‘zbekistonda 14 yoshga toʻlmagan shaxslarning nomusiga tegish boʻyicha qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari 2022-yilda 85 ta, 2023- yilda 108 ta, 2024-yilda 129 ta, 2025-yilda 123 tani tashkil etgan. 4  yil ichida jami 445 ta jinoyat ishi qo’zg‘atilgan. Bu haqda bugun, 29-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisi Gulruh Agzamova ma’lum qildi.

Agzamova bolalar zo‘ravonlik haqida kattalarga har doim ham ayta olmasligini ta’kidladi. Uning aytishicha, ayrimlari qo‘rqadi yoki uyaladi, boshqalari esa ularga hech kim ishonmasligidan xavotirlanadi.

“Bolaning sukuti uning roziligini anglatmaydi”, — dedi deputat.

Qonun loyihasida bolalarga qarshi og‘ir jinsiy jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish taklif etilmoqda. Xususan, 14 yoshga to‘lmagan shaxsni zo‘rlash yoki unga nisbatan zo‘rlik ishlatib jinsiy harakat sodir etganlik uchun uzoq muddatli yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanishi mumkin.

Shuningdek, bolalarning jinsiy erkinligiga qarshi jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddati bekor qilinishi nazarda tutilgan. Bu jinoyat sodir etgan shaxslarni da’vo muddati o‘tganini vaj qilib javobgarlikdan ozod qilishga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Loyiha jabrlangan bolalarni tergov va sud jarayonlarida himoya qilish choralarini ham belgilaydi. Jumladan, voyaga yetmaganlarni so‘roq qilish jarayonini videoga olish, jabrlanuvchi bolani gumonlanuvchi yoki ayblanuvchi bilan yuzlashtirishni maxsus tartibda o‘tkazish taklif etilmoqda.

Zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bo‘lgan bolalarga davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish ham rejalashtirilgan. Bolaga yaqin shaxs zo‘ravonlik sodir etgan holatlarda esa tergov va sud jarayonlarida vasiylik va homiylik organi vakili ishtirok etishi mumkin.

Qonun loyihasida bolalarni tarbiyalash majburiyatini bajarmagan ota-onalar va ta’lim muassasalari xodimlarining mas’uliyatini oshirish ham ko‘zda tutilgan. Ta’lim jarayonida pedagog bolaga nisbatan zo‘ravonlik qilgan taqdirda, ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilishi uchun huquqiy asos yaratish taklif etilmoqda.

Deputatning ta’kidlashicha, zo‘ravonlikka uchragan bola yordam olish uchun idorama-idora yurmasligi va boshidan kechirganlarini qayta-qayta aytishga majbur bo‘lmasligi kerak.

Qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada

Shuningdek oʻqing

#Jamiyat

Aripovga bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha senator so‘rovi yuborildi

29-sen, 17:04
#Iqtisodiyot

Farhod Mamajanov: O‘zbekiston moliya va ko‘chmas mulk bozoridagi “ko‘rinmas” qudrat

29-sen, 17:02
#Jamiyat

Buxoroda Somoniylar davriga oid noyob ganch panel qoldiqlari topildi

29-sen, 16:02
#Jamiyat

O‘zbekistonda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi murojaatsiz tayinlanadi

29-sen, 12:39
#Jamiyat

Toshkent metrosida rekord qayd etilib, 1 200 000-yo‘lovchi taqdirlandi

29-sen, 11:54
#Jamiyat

O‘zbekistonning qator hududlarida sel va suv toshqini xavfi e’lon qilindi

29-sen, 10:36

Kun tanlovi

#Jamiyat

Aripovga bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha senator so‘rovi yuborildi

Senator Malika Qodirxonova bosh vazir Abdulla Aripovga bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarning voyaga yetmaganlar bilan ishlaydigan tashkilotlarga kirib kelishining oldini olish masalasida so‘rov yubordi. U reyestrning amaldagi holati, undan foydalanish va bu boradagi nazorat choralari haqida ma’lumot so‘radi.

29-sen, 17:04
#Jamiyat

Buxoroda Somoniylar davriga oid noyob ganch panel qoldiqlari topildi

29-sen, 16:02
#Jamiyat

14 yoshga to‘lmagan bolalarni zo‘rlaganlik uchun umrbod qamoq jazosini nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ma’qullandi

29-sen, 14:53

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Aripovga bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha senator so‘rovi yuborildi

29-sen, 17:04
#Iqtisodiyot

Farhod Mamajanov: O‘zbekiston moliya va ko‘chmas mulk bozoridagi “ko‘rinmas” qudrat

29-sen, 17:02
#Jamiyat

Buxoroda Somoniylar davriga oid noyob ganch panel qoldiqlari topildi

29-sen, 16:02
#Jamiyat

14 yoshga to‘lmagan bolalarni zo‘rlaganlik uchun umrbod qamoq jazosini nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ma’qullandi

29-sen, 14:53
#Jamiyat

O‘zbekistonda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi murojaatsiz tayinlanadi

29-sen, 12:39
#Jamiyat

Toshkent metrosida rekord qayd etilib, 1 200 000-yo‘lovchi taqdirlandi

29-sen, 11:54
Yana koʻrsatish